Wikipedia Hindistonda yirik sud mojarosiga kirişdi, deb xabar beradi BBC. Ekspertlarning fikriça, bu onlayn-ensiklopediyaning uşbu mamlakatdagi faoliyatiga ta’sir körsatişi mumkin. Bunga Hindistondagi yirik yangiliklar xizmati tomonidan Wikipedia’ni boşqaruvçi «Vikimedia» fondi ustidan kiritgan 20 million rupiylik (238 ming dollar) da’vo arizasi sabab bölmoqda.

Dehli Oliy sudiga kiritilgan şikoyatda Asian News International (ANI) agentligi Wikipedia’da özi haqida yozilgan maqolada yolğon ayblov borligini bildirgan. Maqolada ANI «amaldagi hukumatning propaganda vositasi» ekani va «feyk yangiliklar saytlaridagi materiallarni tarqatişi» haqida söz boradi.

Wikipedia öz saytidagi kontent töliq volontyorlar tomonidan boşqarilişini va fond ularni heç qanaqa nazorat qilmasligini ma’lum qildi.

Avgust oyida sud Wikipedia’ni ANI sahifasiga bunday tuhmatli ma’lumotlarni kim tahrirlaganini oçiş majburiyatini yuklagan va u mazkur talabni bajarmasa saytni yopiş bilan tahdid qilgandi.

Sud eşituvlari hali davom etmoqda, ammo Wikipedia foydalanuvçilarga oid asosiy ma’lumotlarni çop etilgan holda taqdim etişga rozi bölgan. Ekspertlarning sözlariga köra, mazkur iş juda muhim hisoblanadi, çunki uning yakuni insonlarning platformadagi neytral ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatiga ta’sir körsatişi mumkin.

Wikipedia özini özi boşqaruvçi model asosida faoliyat yuritadi, istalgan odam uning sahifalariga özgartiriş kiritişi mumkin — bunda faqat oldin e’lon qilingan işonçli manbalarga havola beriladi. Şu bois heç kim Wikipedia’ga oldin e’lon qilinmagan, yangi ma’lumotni joylaştira olmaydi. Saytda ma’lumotlarni tekşirib, tahrirlaş bilan volontyorlar şuğullanadi.

Sudda «Vikimedia» fondi faqat infratuzilmani taqdim etişini va saytdagi kontentni boşqaradigan volontyorlarga heç qanaqa aloqasi yöqligini bildirdi.