Ikki oylik keskin muzokaralardan söng AQŞ va Ukraina örtasidagi tabiiy resurslarni özlaştiriş böyiça kelişuv Moskvani asabiylaştirdi, Rossiya elitasi a’zolari Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp örtasidagi yaqinlaşuvdan qörqyapti hamda Kreml Ukraina böyiça foydali kelişuvga erişiş imkoniyatini qöldan boy berişi mumkin, deb hisoblaydi, deb yozadi The Washington Post (WP) 2 may, juma kuni manbalarga tayanib.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga heç bölmaganda yon berişga tayyor bölib körinişi uçun bosim kuçaymoqda, dedi rossiyalik amaldor öz şaxsini oşkor qilmaslik şarti bilan naşrga. Uning sözlariga köra, aks holda Rossiya senator Lindsi Grem tomonidan tayyorlangan Amerika sanksiyalarining yangi paketiga duç keladi. Ular jiddiy zarba böladi, çunki budjet taqçilligi ösib bormoqda, deb hisoblaydi WP manbasi.
Rasmiyning ta’kidlaşiça, Rossiya sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib çiqdi, deb da’vo qilayotgan amaldorlarning jasoratiga qaramay, iqtisodiyotning ahvoli bilan boğliq xavotirlar tobora muhim rol öynamoqda. "Iqtisodiyotni faqat safarbarlik modeli asosida quriş mumkin emas", dedi u.
Rossiyada iqtisodiy ösiş sur’ati allaqaçon keskin sekinlaşdi: joriy yilning birinçi çoragida YaIM ötgan çorakdagi 4,5 foiz va ötgan yilgi umumiy 4,1 foizdan keyin atigi 1,7 foizga oşdi. Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining rekord foiz stavkasiga qaramay, inflatsiya darajasi 10 foizdan yuqori bölib qolmoqda, harbiy-sanoat kompleksiga kirmaydigan tarmoqlar tanazzulga yuz tutdi, neft narxining pasayişi budjetning xomaşyo daromadlarini deyarli 20 foizga kamaytirdi. Endi Moliya vazirligi defitsit pandemiyadan keyingi eng yuqori körsatkiç bölişini başorat qilmoqda — rejalaştirilgan 1,2 trillion örniga 3,8 trillion rubl.












