Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida navbatdagi hujjatli film namoyiş etildi. Rossiya davlat kanallarida «Rossiya. Kreml. Putin» degan butun boşli rukn bölib, bu mavzuda köp filmlar namoyiş etilgan. Bu galgi hujjatli film Rossiya qöşnisi Ukraina yerlarini egallaş uçun törtinçi yil uruşayotgan bir vaqtda körsatilgani uçun undagi ba’zi jihatlarga töxtalamiz.
Film «Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» deb nomlanadi. Aynan 25 yil avval Putin ilk marta Rossiya prezidenti bölgandi. Keyinçalik u 5 marta prezidentlik saylovlarini yutib, Rossiyaning özgarmas prezidenti sifatida mamlakatni boşqarib keldi. Orada Dmitriy Medvedev prezident bölgan tört yillikda ham Rossiyani aslida kim boşqarganini barça rossiyaliklar yaxşi biladi.
Film nomidagi 25 yil aslida Putin çorak asr avval davlat tepasiga kelganini ifodalasa-da, bu raqam uning davlatni boşqargan yillarini bildiradi desak ham mubolağa bölmaydi.
Bu galgi intervyu-filmda Putinning suhbatdoşi oxirgi yillarda prezident pulidagi asosiy jurnalistga aylangan Pavel Zarubin böldi. Zarubin butun film davomida doimiy hayajonlangan, ayniqsa Putinga savol beriş vaqtida undagi qörquv aralaş hayajon yaqqol seziladi. Axir Putin bilan gaplaşişdagi sovuqqonlik va xarizma masalasida Zarubin Vladimir Rudolfoviç Solovyov darajasiga çiqişiga hali ança bor.
Qatiq, murabbo va konfet
Körsatuvning uslubi haqida ikki oğiz. Jurnalist sifatida bunga haqqimiz bölsa kerak. Xullas, mualliflar Putinni uruşayotgan davlat rahbari sifatida emas, şunçaki Rossiyani boşqarayotgan prezident sifatida körsatişga uringan. Video boşida uning juda tiğiz iş rejimiga urğu beriladi. Putin tungi soat ikkida ham Kremlda uçraşuv ötkazgan. Jurnalist Putin kun davomida 35 ta uçraşuv ötkazganini sanagan. Tun yarmidan oqqanda Kremlda Putinning kabinetida ekanini aytib, odamlarni işontirişga uringandek soat millarini ham körsatib qöygan.
Keyin keçasi soat ikkida Putindan iş kabinetini körsatişni söragan. Rossiya prezidenti bajonidil Zarubinni öz kabinetiga taklif etib, hatto uni mehmon qilgan. Videodan Putinning iş kabineti içkarisida alohida oşxona borligi körinadi. Prezident jurnalistni nima bilan mehmon qilişni bilmay, unga muzlatkiçdan zardobli qatiq olib quyib bergan. Keyin Lukaşenko sovğa qilgan konfet va murabbo bilan siylagan. Putin quyib bergan kefirda «Ekovakino» yozuvi köringaç, Rossiyadagi rastalarda odamlar yoppasiga bu kefirni sotib olgan.
Jurnalistlar «Ekovakino»ni işlab çiqaruvçi Ryazandagi «Vakinskiy agro» korxonasi bilan boğlanib Putin uçun maxsus kefir işlab çiqarasizmi, deb söraşdi. Korxona Putin ularning mahsulotini iste’mol qilişini filmdan bilgani, u uçun alohida partiya işlab çiqarilmasligini aytgan.
Agro mutaxassislarga köra, bu korxona mahsulotining asosiy ustunligi ular sutni öz fermasida işlab çiqarişidir. Kefir idişida ham «svoya ferma» degan yozuv ajratib yozilgan. Ya’ni bu korxona boşqalardan sut sotib olib qayta işlamaydi, faqat öz fermasidagi sigirlar sutini işlatadi.
Ekspertlar «Ekovakino» zardobli qatiği yumşoq ekani, unda normadagidan ham kamroq açitqi solinişi, korxona qadoqlaş va stirillaş jarayonini töliq avtomatlaştirgani mahsulotdan zararlaniş ehtimolini maksimal kamaytirişini e’tirof etgan.
Putinning vorisi...
Endi kefir va murabbodan siyosatga ötsak. Körsatuv davomida Putin aytgan eng muhim gap uning vorisi haqida böldi. Albatta, Putin falon odam mening vorisim böladi deb aytmagan, kimgadir işora ham qilmagan. Lekin Zarubinning keyingi [prezident] kim böladi deb öylaysizmi, degan savoliga javob berarkan özida «nomzodlar şortlisti» borligiga işora qilgan. Hatto ularning faoliyatini kuzatib baholab borişini ham tasdiqlagan.
Yadro quroli haqida
Aytgança, Putinning yana bir gapini e’tibordan çetda qoldirmaslik kerak. 4 may oqşomida efirga uzatilgan körsatuvda Rossiya prezidenti uruş boşlanganidan buyon Moskvada yadro qurolidan foydalaniş zaruriyati bölmaganini aytib, kelgusida ham bunga ehtiyoj tuğilmasligiga umid bildirgan. Vaholanki, Rossiya uruş davomida Ukrainaga qarşi yadro qurolidan foydalaniş masalasini bir neça bor kötardi. Hatto Kiyevga zarba beriş uçun huquqiy tösiqlarni olib taşlab, butun boşli yadro doktrinasini özgartirdi, Belarus hududiga yadroviy jangovar kallaklar joylaştirildi.
Xullas, ana şunaqa gaplar. 1 soat-u 15 daqiqalik hujjatli filmning barça tafsilotlarini aytib bersak, uning qiziği qolmaydi. Yaxşisi uni tomoşa qiling, şunçaki emas, diqqat bilan tomoşa qiling.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.











