Yevrokomissiya 6 may, seşanba kuni Strasburgda 2027 yilgaça Rossiyaning qazib olinadigan yonilğisidan butunlay voz keçiş rejasini e’lon qildi. Uşbu reja doirasida bosqiçma-bosqiç «yöl xaritasi»ni e’lon qiliş ikki marta qoldirildi. Bu safar u umumiy ma’noda taqdim etildi va rasmiy qonunçilik takliflari bir oydan keyin e’lon qilinadi, dedi Yevropa Ittifoqining energiya böyiça komissari Dan Yorgensen.

REPowerEU deb nomlangan Rossiya Federatsiyasi energiya manbalaridan bosqiçma-bosqiç voz keçiş dasturi Yevropa Ittifoqi darajasidagi qonunçilikka özgartirişlar va 2025 yil oxirigaça bölgan majburiy milliy rejalarni öz içiga oladi, deya tuşuntirdi Yevropa komissari.

Yangi qoidalar, masalan, Rossiya gaz yetkazib beruvçilari bilan yangi şartnomalarning oldini oliş va mavjud spot şartnomalar 2025 yil oxirigaça bekor qilinişini anglatadi. Yevropa Komissiyasiga köra, bu çora Yevropa Ittifoqi Rossiya gazining qolgan ta’minotini joriy yil oxirigaça uçdan bir qismga qisqartirişiga olib keladi. Hozirda Rossiya gazining uluşi Yevropa Ittifoqi butun gaz bozorining 13 foizini taşkil qiladi. Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan oldin bu uluş Yevropa Ittifoqida örtaça 45 foizga yetgandi.