AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy tomonidan Kremlga taklif qilingan 30 kunlik öt oçişni töxtatiş rejasini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. «Agar öt oçişni töxtatiş kelişuvi bajarilmasa, Qöşma Ştatlar va uning hamkorlari qöşimça sanksiyalar joriy qiladi», deb yozdi Tramp 8 may, payşanba kuni Truth Social platformasida, aftidan, Rossiyaga murojaat qilib.

«Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik örnatiş uçun yevropaliklar bilan işlayman va bu doimiy tinçlik böladi! Bu öt oçişni töxtatiş oxir-oqibatda tinçlik kelişuviga olib kelişi kerak», — dedi Oq uy rahbari.

7 may kuni keçqurun, Kreml tomonidan e’lon qilingan uç kunlik otaşkesim kuçga kirişidan bir neça soat oldin, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy barça harbiy harakatlarni kamida 30 kunga töxtatişni taklif qildi. Rossiya bu taklifga javob bermadi. Putin Ğalaba kuni munosabati bilan e’lon qilgan sulh 11 may soat 00:00 da tugaydi.

May oyi boşida Bloomberg Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuçaytiriş uçun bir neçta variantni tayyorlab qöygani haqida xabar bergan edi. Qayd etilişiça, prezident Vladimir Putin Ukrainaga qarşi uruşni töxtatişni paysalga solmoqda.