Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari safar davomida viloyat rahbariyati, işbilarmon doiralari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi va yetakçi korxonalar faoliyati bilan tanişdi.

Xususan, Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Adiz Boboyev bilan keçgan muloqot çoğida xorijiy mamlakatlarda viloyatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm imkoniyatlarini keng tarğib qiliş, salohiyatli investorlarni jalb etiş, hududda yetiştirilgan va işlab çiqarilgan mahsulotlar eksporti hajmini yanada oşiriş töğrisida fikr almaşildi.

Samarqand viloyat rahbari xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadallaştiriş uçun mavjud imkoniyatlar, infratuzilma va logistika haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’lim sohasida ilm-fanni yanada rivojlantiriş böyiça çet davlatlar bilan hamkorlik qilib, ularning tajribalarini örganiş zarurligini ta’kidlandi. 

Samarqand viloyati va xorijiy mamlakatlar örtasida investitsiyaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ta’lim, turizm va qişloq xöjaligi sohalaridagi istiqbolli dasturlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi. 

Özbekistoning Belarusdagi elçisi Rahmatulla Nazarov Samarqand viloyatining Belarus bilan hamkorligini yana rivojlantiriş böyiça bir qator takliflarni ilgari surdi. Jumladan, sut mahsulotlari, qişloq xöjaligi jihozlari işlab çiqaruvçilar bilan qöşma klasterlar oçiş, Samarqanddan poliz mahsulotlarini uşbu davlat bozoriga yetkazib beriş va buning uçun logistikani rivojlantiriş, Samarqand va Minsk universitetlari bilan talabalar almaşinuvi, ilmiy loyihalar böyiça iş olib boriş, Minsk – Samarqand yönalişida aviaqatnovlarni taşkil etiş istiqbolli yönalişlar sifatida qayd etildi.

Özbekistonning Ummondagi elçisi Abdusalom Hotamov Samarqandning turizm sohasidagi salohiyati va mavjud imkoniyatlarini sultonlikda keng tarğib etişga e’tibor qaratdi. "Çunki, Ummonda yurtimizdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, muqaddas maskanlarga qiziqiş juda yuqori. Agar Maskat –Samarqand yönalişida doimiy yoki mavsumiy charter aviaqatnovlar yölga qöyilsa, bu qulay imkoniyat böladi. Şuningdek, ummonlik turoperatorlar uçun Samarqandga info-turlar taşkil etiş, sayyohlarga maxsus turpaketlar taklif etiş ham öz samarasini berişi tabiiy", dedi elçi.

Kuvaytdagi elçi Ayub Yunusov Samarqandda "Kuvayt biznes markazi" oçiş, Kuvayt fondi bilan viloyatda infratuzilma, yöl qurilişi, suv ta’minoti va soğliqni saqlaş sohalarida loyihalarni moliyalaştiriş taklifini bildirdi. "Kuvayt universitetlari bilan hamkorlikda Samarqandda islomşunoslik, huquqşunoslik va tibbiyot yönalişlarida qöşma ta’lim dasturlarini oçiş böyiça ham takliflar bor", dedi elçi Ayub Yunusov.

Muloqot yakunida bildirilgan takliflar asosida "Yöl xaritasi" işlab çiqişga kelişib olindi.