Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat şifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlaşişi aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, 2025 yil 27 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligining «Pulli tibbiy xizmat körsatadigan davolaş-profilaktika muassasalarini moliyalaş tartibini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori röyxatdan ötkazilgan.

Mazkur qarorning 8-bandida «Tibbiy xizmatga tölovning eng köp qiymati davolaş-profilaktika muassasasi tomonidan budjet mablağlari hisobiga körsatilayotgan aynan şunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq bölişi mumkin emasligi» belgilangan.

«Biroq mazkur qaror qabul qilinganidan söng, uning 8-bandidagi me’yorning turliça talqin qilinişi oqibatida ba’zi tuşunmovçiliklar kelib çiqdi. Jumladan, «şunday xizmatlar qiymatining 25 foizi nazarda tutilganmi yoki 125 foizimi» degan savollar yuzaga keldi. Sodda qilib aytganda, «tibbiyot muassasalarida 100 ming sömlik tibbiy xizmat 25 ming sömga yoki 125 ming sömga körsatiladimi?» degan mazmunda murojaatlar paydo böldi», — deyiladi munosabatda.

Yuzaga kelgan tuşunmovçilikni bartaraf etiş maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligining «Pulli tibbiy xizmat körsatadigan davolaş-profilaktika muassasalarini moliyalaş tartibi 8-bandiga özgartiriş kiritiş haqida» qöşma qarori qabul qilinib, Adliya vazirligi tomonidan 2025 yilning 7 may kuni röyxatdan ötkazilgan.

Bu orqali tartib amaldagi normativ hujjatga muvofiqlaştirilgan hamda pulli tibbiy xizmatlar narxlarining yuqori çegarasi aniq belgilangan. Xususan, aholiga pulli asosda körsatilgan tibbiy xizmat narxini belgilaşda tegişli xizmat tannarxiga 20 foizgaça ustama qöllaş mumkinligi qat’iy belgilangan.

Ya’ni endilikda tannarxi 100 ming söm bölgan tibbiy xizmatning pulli xizmat narxi 120 ming sömdan ortiq bölişi mumkin emasligi qayd etilgan.

«Şu kungaça esa tibbiyot muassasalarida aholiga pulli asosda körsatiladigan tibbiy xizmat narxini şakllantiriş uning tannarxiga 25 foizgaça ustama qöllaş orqali amalga oşirilgan. Ya’ni tannarxi 100 ming söm bölgan tibbiy xizmatning pulli narxini 125 ming sömgaça belgilaş mumkin bölgan», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Ta’kidlanişiça, uşbu qaror bilan tibbiyot muassasalari tomonidan körsatiladigan pulli xizmat narxi kamaytirilgan — davlat şifoxonalaridagi pulli xizmatlar uçun tölovlar kamida 5 foiz arzonlaşgan.

«Yuqoridagilardan kelib çiqib, internet naşrlari va blogerlarni qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni talqin qilişda çalğituvçi ma’lumotlarni tarqatmaslikka, yuzaga kelayotgan savollarni aniqlaştirişda rasmiy idoralarga murojaat qilişga çaqiramiz», — deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabarida.