28 yanvar kuni Çiroqçi tumanida prezident rahbarligida Qaşqadaryo viloyati faollari yiğilişi bölib ötdi.
Uşbu yiğilişda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati tanqidiy baholar asosida tahlil etildi. Mavjud muammolar oçiq gapirildi, mutasaddi rahbarlarga tegişli körsatmalar berildi. Prezident Qaşqadaryo viloyatidagi soğliqni saqlaş tizimi, bu borada ta'lim oliş sifati va tizimi haqida ham töxtalib ötdi.
«Qaşqadaryo viloyatida soğliqni saqlaş tizimida ham qator muammolar mavjud. Bugungi kunda viloyatda 761ta vraçlik ştati vakant. Şuning uçun, birinçi navbatda, Soğliqni saqlaş vaziri Şodmonov, viloyat hokimi Röziyev joriy yilda tibbiyot oliygohlarini bitiruvçilari va magistrlarning 407 nafarini iş bilan ta'minlaşlari kerak. Şu bilan vakant örinlarini qoplaş çora-tadbirlarini körişlari zarur.
Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vaziri Şodmonov, viloyat hokimi Röziyev 2018 yilda viloyatda qöşimça 60ta yangi xususiy tibbiyot klinikalarini quriş va işlab turgan 22tasining faoliyatini kengaytiriş çoralarini körişlari kerak.
Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi viloyatda tibbiyot xodimlariga bölgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2018-2019 öquv yilidan boşlab tibbiyot oliy öquv yurtlarida Qaşqadaryo yoşlari uçun qabul kvotalarini oşiriş çora-tadbirlarini körişlari zarur. Biz buni hamma viloyatda taşkil qila olmaymiz. Surxondaryoda tibbiyot filialini oçganmiz, ularda 5000 nafar şifokor yetişmayapti. Qaşqadaryoda esa mingta. Viloyatdagi barça tumanlar bilan gaplaşib, bu işni hozirdan reja qilib boriş kerak», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.















