Vladimir Putin Rossiya Quruqlikdagi qöşinlari boş qömondoni Oleg Salyukovni lavozimidan ozod etib, uni RF Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosarligiga tayinlandi.

«Salyukov Oleg Leonidoviç lavozimidan ozod etilib, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari lavozimiga tayinlansin», — deyiladi Putinning farmonida.

Salyukov 2008 yildan 2010 yilga qadar Uzoq Şarq harbiy okrugi qöşinlari qömondoni bölgan, keyin esa 2014 yilga qadar RF Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği örinbosari vazifasini bajargan. 2014 yil mayda prezident farmoni bilan u Quruqlikdagi qöşinlar boş qömondoni etib tayinlangan. 2023 yilda unga Ukrainadagi Rossiya qöşinlari birlaşgan guruhi qömondoni örinbosari lavozimi majburiyatlari yuklangan edi. Bundan taşqari, Salyukov 2025 yil 9 may kuni Ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan Qizil maydonda ötkazilgan harbiy paradni boşqargan.

Yangi lavozimga tayinlov generalning yaqin orada 70 yoşga tölişi fonida amalga oşirilmoqda — 21 may kuni Salyukov harbiy xizmat uçun belgilangan eng yuqori yoş çegarasida yetadi. Qonunçilikka muvofiq, bu yoşdagi ofitserlar Qurolli kuçlar safini tark etişi kerak.

Salyukov Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi sabab qator Ğarb davlatlarining sanksiyalariga uçragan.

Endi Oleg Salyukov ham kiritilgan RF Xavfsizlik kengaşiga 2024 yildan beri sobiq mudofaa vaziri Sergey Şoygu rahbarlik qilmoqda.