Rossiyaning Sverdlovsk oblasti, Berezovskiy şahrida markaziy osiyolik taksi haydovçisi uç nafar bolani yonayotgan kvartiradan qutqarib qoldi. Guvohlarning sözlariga köra, u birinçi qavatdagi tutun çiqayotgan derazadan uyga kirgan.

«Bu odam birinçi bölib olovga sakradi va uç nafar kiçkina bolani qutqardi. Uning ismi Said. Unga katta rahmat. Şunday odamlar bor ekan, bunday qahramonliklar davom etadi», dedi voqea guvohi.

Saidning aytişiça, u dorixonadan çiqqanida bolalarning qiçqiriğini eşitgan va darhol yordamga şoşilgan. Unga ikkinçi qavatdagi qöşni ham yordam bergan.

Said özi ham ota ekanini, vatanida 5 yoşli öğli borligini, şu tufayli bolalarni yordamsiz qoldira olmaganini aytdi.

Qayd qilinişiça, bolalarning onasi zudlik bilan işga çaqirilgani tufayli, ularni yolğiz qoldirib ketgan. Keyinçalik uyda yonğin boşlangan.

«Men Saiddan juda minnatdorman, men bu odamni heç qaçon körmaganman. U ikkinçi qavatdagi qöşni bilan bolalarimni qutqarib qoldi. Ular ikki bolamni derazadan tortib olişdi, lekin uç yoşli kiçkina bolani topa olişmadi. Keyin içkariga kirib, uni ham taşqariga çiqarişdi», dedi Yelena, bolalarning onasi.

Uning sözlariga köra, yonğin katta ehtimol bilan qisqa tutaşuv tufayli boşlangan.

Qayd qilinişiça, kvartira kapital ta’mirlaşga muhtojligi tufayli, Berezovskiyda yonğindan jabrlangan oila uçun pul yiğiş jarayoni e’lon qilindi.