Rossiya Ukrainaga qarşi uruşni «Rossiyaga kerak bölgan natija bilan mantiqiy yakuniga yetkaziş uçun yetarli kuç va resurslarga ega», dedi prezident Vladimir Putin «Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» hujjatli filmiga bergan intervyusida. Undan parça 18 may, yakşanba kuni VGTRK jurnalisti Pavel Zarubin tomonidan Telegram kanalida e’lon qilindi.
«Bu inqirozni keltirib çiqargan sabablarni bartaraf etiş, uzoq muddatli barqaror tinçlik va Rossiya davlati xavfsizligini ta’minlaş uçun şart-şaroit yaratiş, biz doimo gapiradigan, rus tilini öz ona tili deb biladigan va Rossiyani vatan deb biladigan odamlar yaşaydigan hududlarda xalqimiz manfaatlarini ta’minlaşdir», dedi Putin.
Şu intervyuda u Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davrida Rossiya Qurolli kuçlari uçun yadro qurolidan foydalanişga «ehtiyoj yöqligini» va unga, avval ham umid qilganidek, «talab paydo bölmasligini» aytdi.
Ayni vaqtda, Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi 19 may, duşanbaga ötar keçasi Rossiya RS-24 ("Yars") qit’alararo ballistik raketasini «öquv-jangovar» maqsadda uçirişni rejalaştirayotgani haqida xabar berdi.












