Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy taşrif bilan Budapeşt şahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samolet oldida Özbekiston yetakçisini Vengriya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Marton Nad va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Taşrif dasturiga muvofiq, 20 may kuni oliy darajadagi Özbekiston—Vengriya muzokaralari bölib ötadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uçraşuvlar ötkazadi.

Özbekiston prezidenti 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida iştirok etadi.