Prezident Şavkat Mirziyoyevning Budapeştga rasmiy taşrifi 20 may kuni Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşuvdan boşlandi.

Vengriya tomonidan “OTP Bank”, “BDPST Group”, “4iG”, “Indotek”, “MVM”, “Duna Group”, “MOL Group”, “H2O Consortium”, “Inpark”, “Wizz Air” va boşqa köplab kompaniyalarning top-menejerlari va ta’sisçilari iştirok etdi.

Davlat rahbari öz nutqida rasmiy taşrif Vengriya işbilarmonlari bilan uçraşuvdan boşlanayotgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi.

Vengriyaning Özbekiston iqtisodiyotiga töğridan-töğri investitsiyalari jadal ösib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Masalan, “OTP Bank” Özbekistonning yirik banklaridan birini sotib olib, mamlakatimiz moliya bozorida barqaror örin egalladi.

Kompaniyaning avtokreditlaşni rivojlantiriş uçun qöşma kompaniya taşkil etiş, biznesni moliyalaştiriş dasturini yölga qöyiş, yirik parrandaçilik klasterini quriş böyiça yangi rejalari qöllab-quvvatlandi.

Sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va ilğor texnologiyalar transferini rağbatlantiriş maqsadida Toşkent viloyatida Yevropa kompaniyalari uçun maxsus sanoat zonasi taşkil etilmoqda. Uşbu hududni boşqariş Vengriyaning “Inpark” operatoriga beriladi.

Prezident iqtisodiy şeriklikni kengaytiriş maqsadida qator ustuvor yönalişlarni körsatib ötdi. Qöşma loyihalarni birgalikda moliyalaştiriş va tayyor mahsulotlarni uçinçi mamlakatlarning istiqbolli bozorlariga eksport qilişni qöllab-quvvatlaş şular jumlasidan.

Transport jihatidan özaro boğliqlikni kuçaytiriş, xususan, yuk taşişni köpaytiriş va ikki mamlakat örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarni rivojlantiriş muhimligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari Vengriya kompaniyalarining qöşma loyihalarni amalga oşirişga qiziqişini yuksak baholadi. Öz navbatida, biznes vakillari hamkorlikni kengaytiriş böyiça taklif va rejalarini bildirdi.

Uçraşuvda transport va yöl infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, logistika markazlari va kommunal tarmoqlarni barpo etiş, quriliş materiallari, tayyor töqimaçilik, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş kabi yönalişlarda yangi loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Sözining yakunida davlat rahbari bunday uçraşuvlarni muntazam ötkazib borişni taklif etdi.

- Biz mamlakatlarimiz işbilarmon doiralari örtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantiriş uçun barça şaroitlarni yaratamiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Tadbir yakunida davlat rahbari huzurida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça bitimlar almaşiş marosimi böldi.