20 may, seşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi davlatlari taşqi işlar vazirlari tomonidan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar kengaşi yiğilişida Rossiyaga qarşi bir vaqtning özida bir neçta sanksiya rejimlarining «tarixdagi eng yirik» qöllanişi ma’qullandi. Yiğiliş iştirokçilari Rossiya Federatsiyasiga nisbatan törtta sanksiya rejimi doirasida çeklov çoralarini ma’qulladilar: Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşi, inson huquqlarini qöpol ravişda buzgani, Ğarb davlatlariga qarşi gibrid faoliyati va kimyoviy qurol işlatgani uçun. Hammasi bölib 130 dan ortiq individual sanksiyalar, jumladan, Rossiya harbiy-sanoat kompleksi, «soyadagi floti» va uning şeriklariga, uçinçi mamlakatlardan Rossiya uçun sanksiyalangan tovarlarni yetkazib beruvçilarga, şuningdek, taşviqot va dezinformatsiya tarqatuvçilarga nisbatan qabul qilindi.

Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi uçun jazolarning 17-töplami doirasida sanksiya röyxatiga 75 ta yangi yuridik va jismoniy şaxslar, şuningdek, 189 ta «soyadagi flot» kemalari kiritildi. Bu Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida çop etilgan hujjatga köra, Yevropa Ittifoqi röyxatidagi şaxslar sonini 2400 dan ortiq, kemalar sonini esa 342 taga yetkazadi.

Yangi çeklovlar, xususan, «KAMAZ» boş direktori Sergey Kogogin va «Surgutneftegaz» neft kompaniyasiga ta’sir körsatdi. Umuman olganda, uşbu hujjat birinçi navbatda qurol va harbiy texnika, jumladan, dronlarni işlab çiqariş bilan boğliq bölgan 17 jismoniy va 58 yuridik şaxsni öz içiga oladi.

Gibrid faoliyat uçun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi doirasida Rossiya Federatsiyasida 27 jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan çoralar, şuningdek, individual jazo çoralari joriy etildi.

Yevropa Ittifoqining inson huquqlarini buzganlik uçun global sanksiya rejimi doirasida Rossiyadan yana 28 nafar jismoniy va yuridik şaxs sanksiyalar röyxatiga qöşildi. Ular orasida siyosiy mahbus Aleksey Gorinovga nisbatan ayblov hukmini çiqargan sudya Olesya Mendeleyeva va şu mahkamada davlat ayblovçisi sifatida işlagan Svetlana Juravleva ham bor. Qolganlarning hammasi sudyalar, prokurorlar va tergovçilardir, şuningdek, Federal jazoni ijro etiş xizmatining bir xodimi bor.

Ukrainada «kimyoviy qurolning tarqalişi va qöllanişi» bilan boğliq alohida röyxat tasdiqlandi. Uning tarkibiga Rossiya Mudofaa vazirligining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qöşinlari va ikkita idoraviy ilmiy-tadqiqot institutlari kirgan.