Yevropa Ittifoqi Özbekistonning Trade Engine System kompaniyasini Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 17-töplamiga kiritdi. Sanksiyalar röyxati Yevropa Ittifoqining rasmiy saytida e’lon qilingan.

Trade Engine System 2022 yilda röyxatdan ötgan bölib, elektron va telekommunikatsiya uskunalari va ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan şuğullanadi. Kompaniyaning direktori va ta’sisçisi sifatida Nosirjon Akbarov körsatilgan.

Bu Ukrainadagi uruş boşlanganidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duçor bölgan Özbekistonning beşinçi korxonasidir. 2023 yildan beri sanksiyalar röyxatida Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC, 2025 yil fevralidan Uzstanex LLC bor.

Yevropa Ittifoqining 17-sanksiya paketiga Rossiya, Özbekiston, Belarus, Xitoy, Turkiya, BAA, Serbiya va Vetnamdan 75 nafar jismoniy şaxs va yuridik şaxs kiritildi.

Ukraina ham Özbekiston kompaniyalarini özining sanksiya röyxatiga kiritgan. Ular: «Ohangaronsement», quriliş texnikasini ijaraga beruvçi Mercury Renaissance, yoğoç xamiri va sellyuloza işlab çiqaruvçi Raw Materials Cellulose, şuningdek, Farğona kimyo zavodi (Farğona paxta sellyulozasi işlab çiqariş korxonasi).