Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi. Sanksiyalar asosan RFning “soyadagi floti” tankerlariga qaratilgan. Şuningdek, Rossiya harbiy zavodlari uçun tarkibiy qismlarni yetkazib beriş yoki sanksiyalarni aylanib ötişga kömaklaşişda ayblanayotgan kompaniyalarga nisbatan ham çeklovlar kiritildi.

Rossiya Ukrainani bosib olişga harakat qilayotganiga javoban kiritilgan sanksiyalarning yangi paketi – Kreml uçun neft sotişni yanada qiyinlaştiriş va sanksiyalarni global zanjirlar orqali “aylanib ötişga” urinişlarni jilovlaşga qaratilgan keskin çora sifatida körsatilmoqda.

Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik masalalari böyiça oliy vakili Kaya Kallasga köra, Rossiyaning “soyadagi floti” deyarli 200 ta tankerni öz içiga oladi. Moskva bu tankerlardan neft eksportiga qöyilgan çeklovlardan qisman qoçiş uçun foydalanyapti. Bu kemalarning real egasi, ya’ni yurisdiksiyasi aniq emas, bayroği tez-tez özgartiriladi, şuningdek, suğurtasi bor-yöqligi ham noma’lum.

17-sanksiyalar paketi esa Rossiya neft savdosining yaşirin tarmoği, treyderlar, suğurtaçilar va port infratuzilmasi orqali işlaşni murakkablaştiradi. Bu çoralar Xitoy, Hindiston va Afrikaga eksportni izdan çiqarişi mumkin.

Yevropa Ittifoqi 31 ta kompaniya nisbatan ikkilamçi sanksiyalar ham joriy qilmoqda. Bu röyxatda Özbekistonda röyxatdan ötgan bitta firma (Trade Engine System) ham bor. Sanksion röyxatga qöşilgan şirkatlar Rossiya harbiy kompleksini bevosita yoki bilvosita qöllab-quvvatlagan yoki sanksiyalarni aylanib ötiş zanjirlarida iştirok etganlikda ayblangan.

Sanksiyalar G7 kun tartibida emas

Sönggi yillarda Yettilik guruhi yiğilişlarida Rossiyaga qarşi sanksiyalar muhokama qilinişi odatiy holga aylangandi. Bu safargi G7 moliya rahbarlari uçraşuvi esa aftidan noodatiy tus oladi: unda oltita davlat birgalaşib, AQŞ moliya vaziri orqali Trampdan hatto döstlarga ham boj soliş haqidagi tahdidlarini bas qilişni söraşi mumkin.

Yettilik guruhiga kiruvçi davlatlar: AQŞ, Kanada, Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya moliya vazirlari va markaziy bank raislari 20–22 may kunlari Kanadaning Banf yiğilmoqda. Rasmiy bayonotlarga köra, ular global iqtisodiyot, iqtisodiy xavfsizlik va barqarorlik, Ukrainadagi vaziyat, moliyaviy jinoyatlar va sun’iy intellekt masalalarini muhokama qilmoqçi. Norasmiy xabarlar esa uçraşuvdagi boş mavzulardan biri – Trampning dunyo iqtisodiyotini beqarorlaştirayotgan savdo siyosati bölişidan darak bermoqda.

Trampning qaytişi ortidan Yettilik guruhi içida kelişmovçiliklar kuçaygan. “Bu odatdagi G7 emas”, deydi Vaşingtonda joylaşgan Atlantika kengaşi aql markazi direktori örinbosari Anaya Kumar. Ayni paytda Yaponiya va Yevropa davlatlari AQŞ tomonidan bojlarning ikki barobar oşirilişi xavfi ostida, Kanada esa hali ham Trampning 25 foizlik tariflari bilan kuraşyapti.

Tahlilçilarga köra, bu safargi uçraşuv G7dagi siyosiy uyğunlik emas, balki içki ziddiyatlar fonida ötmoqda. Moliya rahbarlaridan keyin, iyun oyida Katta yettilik davlat rahbarlarining sammiti ham bölib ötadi.