Prezident Şavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy taşrifi yakuniga yetdi.
Davlat rahbari 20 may kuni Vengriya boş vaziri Viktor Orban bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar ötkazdi, Milliy majlis spikeri Laslo Kyover, Vengriyaning yetakçi bank va kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
21 may kuni Özbekiston yetakçisi Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida iştirok etib, köp qirrali hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Tadbirlar yakunlangaç, Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Sloveniyaga jönab ketdi. Ferens List nomidagi Budapeşt xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Vengriya rasmiylari kuzatib qöydi.












