Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va Ukraina örtasida Vatikanda muzokaralar ötkaziş imkoniyatini rad etib, bu haqiqatga töğri kelmasligini ta’kidladi. «Vatikanni muzokaralar ötkaziladigan joy sifatida tasavvur qiliş, men aytmoqçimanki, pravoslav davlatlar mojaroning asl sabablarini katolik platformada muhokama qilişi biroz ğalati», — dedi Lavrov 23 may, juma kuni «Tarixiy janubi-rus yerlari, milliylik va xalqlarning özligini belgilaşi» konferensiyasida.
Uning sözlariga köra, Vatikan uçun ikki davlat delegatsiyalarini qabul qiliş ham unçalik qulay bölmaydi. Rossiyalik vazirning ta’kidlaşiça, muzokaralarning ikkinçi raundini ötkaziş vaqti ham, joyi ham hali aniqlanmagan. Uning ta’kidlaşiça, Rossiya rasmiylari hozirda kelajakdagi tinçlik böyiça memorandum ustida işlamoqda, bu uçraşuvda Ukrainaga taqdim etilişi kerak. «Bizning işimiz allaqaçon ilğor bosqiçda. Biz kelişib olganimizdek, bu memorandumni ukrainaliklarga topşiramiz», — va’da qildi Sergey Lavrov.
Şu bilan birga, u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning «qonuniyligi» masalasi saqlanib qolayotganini yana bir bor ta’kidladi. «Tinçlik şartnomasini imzolaş haqida gap ketganda, qonuniylik masalasi hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi, çunki agar qonuniyligi, yumşoq qilib aytganda, heç kimni işontirmasa, erişilgan kelişuv şubha ostiga qöyilişi mumkin», deb tuşuntirdi Lavrov.













