Ötgan yilning özida mebelsozlik yönalişida 920 ta yangi korxona iş boşladi. Sohada 6 trillion 700 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarildi.

Buni karrasiga oşiriş uçun qator masalalarni hal qiliş zarur. Masalan, mebel mahsulotlarining 25-30 foizi xonadonlarda tayyorlanyapti. Uydagi işlab çiqarişdan sanoat bosqiçiga ötişga intilayotgan mebelsozlar köp.
Şu bois, yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargaça işçi olib, mebel işlab çiqarişga ruxsat beriladi. Uşbu faoliyatni boşlaş, kengayiş istagida yurgan yoş tadbirkorlarga 7 yilga 5 milliard sömgaça 18 foizli kredit ajratiladi.
Oltinköl va Xonqadagi “Mebelçilik markazi”da 100 dan ziyod korxona zamonaviy uskunalar örnatib, mebel işlab çiqarmoqda. Oldin uyidagi tor joyda mebel yasagan tadbirkorlar hozir yaxlit kompleksga joylaşib, klaster tizimida işlayapti.
Şarof Raşidov, Yangi Namangan, Past Darğom, Örta Çirçiq, Quva, Buvayda, Yunusobod va Uçtepada ham Xonqa tajribasi asosida mebelçilik markazlarini işga tuşiriş topşirildi.
Mebel tannarxida import xomaşyo uluşi 50-60 foizni taşkil qilmoqda. Işlab çiqaruvçilar tannarxni pasaytiriş uçun furnitura, aksessuar, böyoq, kley, DSP kabi xomaşyoga bojni kamaytirişni söragan.
“Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardoş bölişi uçun bunga rozilik beraman”, - dedi prezident.

Mutasaddilarga 14 turdagi xomaşyo, furnitura, aksessuar uçun 3 yil muddatga import bojini 1 foiz etib belgilaş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.
Mebel uçun yoğoç va yoğoç materiallarini markazlaşgan holda olib keliş yölga qöyiladi.
Ötgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga e’tibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning özida eksport hozirgidan 10 karra oşişi mumkinligi körsatib ötildi.
Şu bois, mebelçilarga xalqaro sertifikat oliş xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injyener-texnologlar iş haqining yarmi qoplab beriladi.
Xalqaro körgazmalarda ijara puli kompensatsiya qilinadigan maydon hozirgi 20 kvadratdan 40 kvadrat metrga oşiriladi.
Mutasaddilarga malakali mutaxassislarni jalb qilib, yiliga 1 ming nafar mebel ustalarini zamonaviy könikmalarga öqitişni yölga qöyiş topşirildi.











