Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful 25 may, yakşanba kuni Kiyev ittifoqçilari Rossiyaning Ukrainani ommaviy öqqa tutganiga javoban Moskvaga qarşi qöşimça sanksiyalar joriy etişi kerakligini aytdi.
«Putin tinçlikdan manfaatdor emas, u bu uruşni davom ettirmoqçi va biz bunga yöl qöymasligimiz kerak, şuning uçun Yevropa Ittifoqi qöşimça sanksiyalar böyiça kelişib oladi», — dedi Vadeful ARD telekanalida. Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbari Ğarb davlatlarini Ukraina uruş boşlanganidan beri Rossiya tomonidan eng yirik öqqa tutilişiga «qat’iy munosabatda bölişga» çaqirdi.
«Biz buni qabul qila olmaymiz», dedi Vadeful. Uning sözlariga köra, Putinning siyosati «Putinni muzokaralar stoliga ötirişga köp uringan AQŞ prezidenti Donald Tramp uçun ham haqoratdir».
Rossiya zarbasini AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog ham izohladi. «Bu Kiyev, - deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida yonğin nuri bilan yoritilgan tutun ustunlari suratini ilova qilib. - Ayollar va bolalarning tunda uylarida öldirilişi 1977 yilgi Jyeneva Tinçlik protokollarining aniq buzilişi. Bu hujumlar şarmandalikdir. Qotilliklarni töxtating. Otaşkesimga erişing».












