Yaponiyada yangi tuğilgan çaqaloqqa ism tanlaş bilan boğliq yangi qoidalar kuçga kirdi, deb xabar beradi The Guardian.

Qayd etilişiça, endi ota-onalar farzandlarining ismlarida iyerogliflardan foydalanganda rasmiy talaffuzini ham körsatişlari kerak böladi. Uşbu qaror «kirakira» («yarqirab turgan») — ijodiy, öziga xos yoki «hayratlanarli» iyerogliflar birikmasidan foydalaniş amaliyotiga barham berişga qaratilgan.

Bu ismlar odatdagi öqilişdan farq qiladigan yoki «juda ğalati» eşitiladigan ismlardir. Ba’zilari tuşunişga qiyin yoki hatto «bema’ni» bölişi mumkin. Bolalarga şaharlar yoki voqealar şarafiga ism qöyilgan holatlar ham bölgan. Masalan, sobiq olimpiya çempioni Seyko Hasimoto öğillariga Girişiya («Gretsiya») va Torino deb ism qöygan — ular Olimpiada aynan şu joylarda ötkazilgan yillarda tuğilgan.

Yaponiya hukumati yangi qoidalar ma’muriy tartib-qoidalarni soddalaştiriş va ma’lumotlarni raqamlaştiriş uçun zarur ekanini bildirdi. Noodatiy ismlar maktablar, şifoxonalar va boşqa davlat muassasalarida tez-tez muammolarni keltirib çiqaradi.

Masalan, ism murakkab yoki aniq bölmagan iyerogliflar orqali yozilgan bölsa, uni qöşimça ma’lumotlarsiz töğri öqib bölmaydi. Bu esa hujjatlarda xatoliklarga va öz navbatida, bola tengdoşlari orasida kulgiga qolişiga olib keladi.

«Kirakira» ismlardan foydalanuvçi ota-onalar öz tanlovini köpinça jamiyatda individuallikni namoyon etiş bilan himoya qiladi.