Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi - JAXA maʼlumotiga köra, MMX apparatini olib çiqqan H3 raketasi 20-oktabr kuni Tanegasima orolidagi kosmodromdan muvaffaqiyatli uçirilgan. Bu haqda DW xabar berdi.

Oğirligi beş tonnaga yaqin apparat va missiyaning nomi MMX - inglizça Martian Moons Exploration, yaʼni «Mars yöldoşlarini tadqiq qiliş» iborasining qisqartmasidir. Uning vazifasi Fobosdan namuna oliş bilan çeklanmaydi: apparat Marsning ikkinçi yöldoşi Deymosni ham örganadi.

Bir yillik yöl, uç yillik tadqiqot

Rejaga köra, Mars atrofiga yetib boriş va Yerga qaytiş yölining har biri taxminan bir yildan vaqt oladi. Apparat yana uç yilni Fobos va Deymosni orbitadan örganişga bağişlaydi.

Missiya davomida Fobos yuzasiga qöniş ham közda tutilgan. Dastlab kiçik avtonom robot, keyin esa namuna oluvçi apparat qönadi.

Loyiha qiymati 578 million dollarga baholanmoqda. Unda Yaponiya, AQŞ, Fransiya, Germaniya va Yevropa kosmik agentligi iştirok etmoqda.

Fobosda sekundiga bir millimetr tezlikda yuradigan robot

Fransiya va Germaniya missiya uçun Idefix nomli tört ğildirakli robotni tayyorlagan. U Asteriks va Obeliks haqidagi komikslardagi it nomi bilan atalgan.

Ölçami mikrotölqinli peçga yaqin bölgan robot Fobos yuzasida taxminan 100 kun işlaşi kerak. U sekundiga bir millimetr tezlikda harakatlanib, yöldoş yuzasini tadqiq qiladi.

MMX apparatining Fobosda qoliş vaqti esa ança qisqa - taxminan ikki soat böladi. Şu vaqt içida u 10 gramm grunt yiğişi rejalaştirilgan. Keyinçalik bu namunalar Yerga olib kelinadi.

Avvalgi urinişlarda qönişga erişilmagan

SSSR va Rossiya avval Fobos yuzasiga qönişni közlagan uçta missiyani amalga oşirişga uringan. Ulardan faqat «Fobos-2» apparati 1989-yilda Mars yöldoşiga yaqinlaşib, Yerga suratlar uzatişga muvaffaq bölgan.

Biroq bu missiyalarning heç biri Fobos yuzasiga qöna olmagan. Yaponiyaning MMX loyihasi esa yöldoşni yaqindan örganiş bilan birga, undan olingan namunalarni Yerdagi laboratoriyalarda tekşiriş imkonini yaratişni maqsad qilgan.