Ğazoda otaşkesim böyiça Uitkoff rejasi: Isroil qabul qildi, Hamas körib çiqmoqda. Istanbul muzokaralarida 2-raund belgilandi: Rossiya öz şartlari yozilgan memorandum tayyorladi. Ilon Mask iste’foga çiqmoqda: u nimaga erişdi? Rossiyalik deputat mamlakatning bir qismi özbeklarning tarixiy vatani ekanini aytdi: uni jazolaşadimi?

Ortda qolayotgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

Italiya-Markaziy Osiyo birinçi sammiti yakuni böyiça qanday xulosalar qiliş mumkin?

Şuhrat Rasul: Italiya Yevroittifoqning liderlaridan biri hisoblanadi. Umuman Yevroittifoq bugungi kunda Markaziy Osiyoda iqtisodiy hajmi böyiça ikkinçi örinda. Töğri, aksar qismi Qozoğistonga töğri keladi. Lekin şunga qaramasdan birinçi örinda eng katta savdo aloqalar böyiça Xitoy, ikkinçi örinda Yevroittifoq, Rossiya uçinçi örinda. Özbekiston bilan Italiya örtasida mana şunday oliy darajadagi uçraşuvlar bundan 22 yil oldin ham bölgan. Şuningdek, Italiya iqtisodiy jihatdan ham dunyo reytinglarida yuqori örinlarda turadi. Umuman olganda Markaziy Osiyo jumladan Özbekistonning Italiya bilan munosabatlarining çuqurlaşişi faqat foyda deyiş mumkin.

Jahongir Akramov: Qaysidir ma’noda Italiyaning Markaziy Osiyoga qiziqib qolgani va bu taşriflarning yana bir omili borki, Italiya bilan Fransiya örtasidagi Yevropa Ittifoqida hozir liderlik uçun kuraş ketayotganini ham körişimiz mumkin. Ya’ni Makron va Meloni örtasidagi munosabatlar ham yuqori darajada emas. Bu holatdan biz pragmatik ravişda foydalana olişimiz ham kerak. Italiya hozirgi vaqtda Germaniya va Fransiya kabi liderlar orasida Yevropa Ittifoqidagi öz örnini mustahkamlaşga harakat qilyapti. Bu örinda Jorja Melonining Samarqandga taşrifi ham juda katta ma’no beradi. Ya’ni bu madaniy diplomatiyaning bir qismi. Şuningdek, Samarqand köçalaridan biriga Rim nomi berildi.

HAMAS yoki Isroil 60 kunlik sulh muddatini kuç töplaş uçun işlatişi mumkinmi?

Bektoş Berdiyev: Isroilni qoniqtiradigan, HAMASni esa qoniqtirmaydigan jihat ham şunda aslida. Isroilga bu takliflar ma’qul keldi. Birinçidan, Isroil bugungi kunda butun xalqaro hamjamiyatning tanqid nişoniga aylandi, ya’ni xalqaro maydonda Isroilga nisbatan bosimlar köpayib ketdi. Hattoki Amerika Qöşma Ştatlarida Isroil elçixonasining xodimlari otib taşlanişi, boşqa Yevropa davlatlarida Isroilning elçilari biror bir restoranga çiqsa yo biror bir tadbirga borsa, unga nisbatan doimiy bosimlarning ortib borayotganligi katta bosimlar bölişiga sabab böldi. Isroilning azaliy va doimiy hamkorlari bölgan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning ham doimiy Isroilni tanqid qilişi Isroilni juda qiyin vaziyatga soldi. Isroil bu vaziyatdan çiqişi kerak, şuning uçun ham Netanyahu ğarb davlatlari tomonidan taklif qilingan sulhga rozilik berişga majbur.

Reuters manbalariga köra HAMASga yuborilgan takliflar quyidagiça:

  • 60 kunlik jangovar harakatlarni töxtatiş;
  • Doimiy sulhga olib boruvçi jiddiy muzokaralarga kafolat;
  • Isroil garovdagilar ozod qilinganidan keyin uruşni qayta boşlamasligi haqida kafolat;
  • Isroil armiyasi mart oyidagi sulh paytidagi pozitsiyalariga qaytişi;
  • Hamas bu 60 kunlik tanaffus davomida 10 nafar tirik garovdagi kişini va bir neçta jasadlarni ozod qiladi. Buning evaziga Isroil tomonidan 1100 dan ortiq falastinlik mahbuslar ozod etiladi;
  • Bu muddat davomida har kuni yuzlab gumanitar yordam yuk maşinalari Ğazoga kirişiga ruxsat beriladi.

Şuningdek, tahlilçilar suhbat davomida xalqaro maydonda sodir bölgan muhim jarayonlar yuzasidan ham öz fikrlarni bildirişdi. Suhbatni töliq şaklda YouTube platformasida tomoşa qiliş mumkin.