- Kelasi hafta Abu-Dabida AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari örtasida muzokaralar bölib ötadi. AQŞdagi oraliq saylovlarda demokratlarning ğalabasi bu muzokaralarga, umuman Rossiya-Ukraina uruşiga qanday taʼsir qiladi?

Abduvali Soyibnazarov: Kongressga saylov natijalari Rossiya–Ukraina uruşiga katta taʼsir körsatişini kutmayapman. Çunki Qöşma Ştatlarda prezident bir pozitsiyada bölişi mumkin, Pentagon va Markaziy razvedka boşqarmasi esa boşqa yönalişda harakat qilişi mumkin. Donald Tramp şu paytgaça Rossiyani muzokaralar jarayoniga jalb qiliş, undan dizel yoqilğisi sotib oliş yoki Rossiyaning ayrim investitsion loyihalariga qarşilik körsatmaslik zarurligini taʼkidlab kelmoqda. Uning fikriça, asosiy maqsad – Rossiyani ranjitib, muzokaralar stolini tark etişiga sabab bölmaslik.

Köpçilik Trampni Ukrainaga bosim ötkazayotganlikda ayblaydi. Biroq AQŞning boşqa davlat idoralari faoliyatiga ham eʼtibor qaratiş kerak. Töğri, maʼlum bir davrda Ukrainaga razvedka va boşqa harbiy maʼlumotlarni yetkaziş maʼlum muddatga töxtatildi. Ammo boşqa vaqtlarda Pentagon va Markaziy razvedka boşqarmasi Ukrainaga zarur maʼlumotlarni taqdim etişda davom etdi. AQŞ tomonidan Ukrainaga qurol-yaroğ yordami ham yetkazib berilmoqda. Şu sababli, hatto kelasi yil demokratlar Kongressda köpçilikni qölga kiritgan taqdirda ham, AQŞning Ukrainaga nisbatan amaldagi siyosatida keskin özgariş bölmaydi, deb hisoblayman.

Şuhrat Rasul: Rossiya–Ukraina uruşida Trampning tutgan pozitsiyasi ziddiyatli böldi. Şunga qaramay, u turli bosimlarga qaramasdan, Ukrainaga yordam berişga majbur böldi. Bunga, avvalo, Amerika jamoatçiligining pozitsiyasi sabab böldi. Sörovlarga köra, amerikaliklarning 60 foizdan köpi uruş boşida Ukrainani qöllab-quvvatlagan. Bundan taşqari, Demokratik partiya vakillari va jamoatçilik fikriga taʼsir körsatuvçi şaxslar ham Trampga bosim ötkazib kelmoqda. Yaqinda bölib ötgan namoyişlarni eslaylik, Ukrainani qöllab-quvvatlaş va Trampning siyosatiga qarşi qaratilgan bu namoyişlar AQŞning 300 ta şahrida ötkazildi.

Oradan hali bir-ikki hafta ham ötgani yöq, şuning uçun Amerika xalqining bu pozitsiyasini ikkinçi darajali deb hisoblaş xato böladi. Menimça, amerikaliklarning Trampga qarşi sönggi çiqişlari uning Rossiya, xususan, Putin pozitsiyasiga yaqinlaşib borayotganiga munosabat edi. Bu namoyişlarda ilgari ikkilanib turganlar, hatto şu paytgaça Trampni qöllab-quvvatlaganlarning bir qismi ham uning Rossiyaga munosabati haqida xulosa çiqardi.

Endi impiçment masalasiga kelsak, tarixda bunga öxşaş holatlar bölgan. Masalan, Riçard Nikson öz partiyadoşlarining bir qismi ham unga qarşi ovoz berişini anglagaç, isteʼfoga çiqişga majbur bölgan. Donald Tramp ham bir marta impiçment jarayoniga duç kelganini eslatib ötiş kerak. Öşa jarayonda ham unga qarşi ovoz berganlar orasida respublikaçilar bor edi.