- Tramp Oq uyda Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriev bilan uçraşdi. Ukrainaliklarsiz ötkazilgan bu uçraşuv haqida nimalar maʼlum?

Şuhrat Rasul: Matbuotga heç qanday maʼlumot sizdirilgani yöq. Mening şaxsiy taxminim şuki, Dmitriev prezident Putinning maxsus şartlarini Trampga yetkazgan va u bilan harakatlarini muvofiqlaştirmoqda. Trampning partiyasi saylovlarda mağlubiyatga uçragani va Kongress demokratlar nazoratiga ötgani bilan, uning Rossiyaga xayrixoh munosabati özgargani yöq. Menimça, hozirgi muhokamalarning markazida «Umumevropa xavfsizligi» tuşunçasi turibdi. Bu iborani tomonlar turliça talqin qiladi.

Rossiya bu tuşunçani Potsdam konferensiyasida belgilangan tamoyillarga qaytiş sifatida talqin qiladi. Moskva nazarida, Umumevropa xavfsizligi – NATOning 1997-yildan keyingi harbiy infratuzilmasini öşa davrdan keyin alyansga qöşilgan davlatlar hududidan olib çiqiş va Şarqiy Yevropaga neytral maqomni qaytarişni anglatadi.

Yevropa Ittifoqi esa Umumevropa xavfsizligi tuşunçasiga Ukrainani ham kiritadi. Bryussel uçun Ukraina – Yevropaning ajralmas qismi, uning birinçi mudofaa çiziği va xavfsizligini himoya qiluvçi muhim qalqondir.

Dmitriev Trampga aynan Rossiyaning talqinini yetkazişga urinayotgan bölişi mumkin. Dmitriev, Lavrov yoki boşqa vakillar Vaşingtonga kelganida, Rossiya xavfsizlik masalasini öz manfaatlari nuqtayi nazaridan tuşuntiradi. Moskvaning asosiy daʼvosi şuki, Sovuq uruş yakunida kuçlar muvozanati Rossiya zarariga özgargan. SSSR parçalanib, MDH davlatlari taşkil topdi, Şarqiy Yevropa mamlakatlari esa Varşava şartnomasidan çiqdi. Rossiya bu jarayonni Sovuq uruşdagi mağlubiyatining natijasi sifatida köradi. Moskva nazarida, öşa davrda buzilgan kuçlar muvozanatini tiklaş orqali Umumevropa xavfsizligiga erişiş mumkin.

Amalda esa bu Rossiyaning sobiq sovet hududlari va Şarqiy Yevropadagi taʼsirini qayta tiklaş istagini anglatadi. Bu – imperiyaviy siyosatdan voz keçmaslikning özidir. Kirill Dmitriev esa Rossiyaning bu talablarini Ğarbga nisbatan yumşoqroq, iqtisodiy manfaatlar orqali tuşuntirişga urinadi. U bir tomondan Rossiyaning siyosiy talablarini bayon qilsa, ikkinçi tomondan Ğarb kompaniyalariga turli iqtisodiy imkoniyatlarni taklif qiladi. Masalan, Rossiyaning Arktikadagi tabiiy boyliklarini özlaştirişda Ğarb kompaniyalari iştirok etişi mumkinligini taʼkidlaydi.

Hatto Alyaska bilan Rossiya örtasida Bering böğozi orqali tunnel quriş loyihasi ham muhokama qilingan. Uning qiymati 60 milliard dollarga baholanmoqda. Biroq bunday loyihaning iqtisodiy va amaliy maqsadga muvofiqligi şubhali. Çunki böğozning har ikki tomonidagi hududlar aholi juda siyrak yaşaydigan, infratuzilmasi çeklangan mintaqalardir. Şunga qaramay, Rossiya tomoni bunday loyihalarni matbuotda katta iqtisodiy imkoniyat sifatida tarğib qilmoqda. Aslida esa bu takliflar asosiy siyosiy maqsadni niqoblaşga xizmat qiladi.