Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning fikriça, harbiy yöqotişlar Rossiyani muzokaralar stoliga ötirişga majbur qiladi. U bu fikrini Vilnyusdagi «Buxarest töqqizligi» sammitida bildirdi.
Zelenskiyning ta’kidlaşiça, Ukraina qurolga bölgan ehtiyojning 40 foizini mahalliy işlab çiqariş hisobiga qoplay oladi, «lekin bu barqaror moliyalaştirişni talab qiladi». Uning sözlariga köra, Ukraina operatsiyalari «investitsiyalar, ayniqsa, dronlarga qanday ta’sir qilişini körsatmoqda».
Zelenskiy Yevropa va AQŞ birgalikda Rossiyadan yaxşiroq qurolga ega ekanini qöşimça qildi.
«Bizda ham kuçliroq taktik yeçimlar bor. Keça bizning «Örgimçak töri» operatsiyamiz buni isbotladi. Rossiya yöqotiş nimani anglatişini tuşunişi kerak. Bu uni diplomatiya sari undaydi», deb uning sözlarini keltirdi UNIAN.
1 iyun kuni Ukraina dronlari Rossiya harbiy aerodromlariga, jumladan Irkutsk va Murmansk viloyatlariga hujum qildi. Zelenskiy sözlariga köra, operatsiyaga jami 117 ta FPV dronlari va şunça dron operatorlari jalb qilingan va operatsiya «ofisi» Rossiya hududida, FXX ştab-kvartirasi yonida bölgan. Zelenskiyning ta’kidlaşiça, hujum oqibatida «harbiy baza aerodromlaridagi strategik samolyotlarning» 34 foizi zarbaga uçragan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlari beşta hududdagi harbiy aerodromlarga hujum qilganini tan oldi. Harbiy departament ma’lumotlariga köra, Murmansk va Irkutsk viloyatlarida «bir neçta samolyot yonib ketgan».












