Boş qarorgohi Boston va Honkongda joylaşgan Insilico Medicine biotexnologiya kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida dori vositalari yaratiş sohasida yutuqqa erişganini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Butunlay sun’iy intellekt (SI) yordamida işlab çiqilgan Rentosertib dori vositasi bedavo öpka fibrozi böyiça birinçi örta bosqiçdagi klinik sinovni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu kasallikda öpkadagi töqimalarning çandiqlari nafas olişni qiyinlaştiradi.

Xitoyda 71 bemorni örganiş şuni körsatdiki, preparatning eng yuqori dozasi bemorlarning kiçik guruhida öpka funksiyasini yaxşiladi. Biomarkerlar tahlili preparat SI prognoz qilganidek işlayotganini tasdiqladi, unda kasallik rivojlanişi bilan boğliq bölgan oqsil bloklandi. Natijalar Nature Medicine jurnalida çop etildi.

Insilico Medicine boş direktori Aleks Javoronkov bu öpka kasalligini davolaşda «eng yaxşi natijalardan biri» ekanini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, an’anaviy usullar klinik sinovlarga tayyor dori yaratiş uçun 4,5 yil vaqtni oladi, Rentosertib bilan esa bu jarayon atigi 18 oy davom etdi.

Istiqbolli natijalarga qaramay, tadqiqot çeklovlarga ega edi: u atigi 12 hafta davom etdi, bir neçta bemorlarning ahvoli yomonlaşdi, ba’zilarida jigarga zarar yetkazildi. Kompaniya dori samaradorligini tasdiqlaş uçun kattaroq sinovlarni rejalaştirmoqda, ammo nazorat idoralari tomonidan ma’qullanişi uçun kamida ikki yil kerak.