Rossiya harbiy aerodromlariga Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining hujumi natijasida şikastlangan strategik jangovar samolyotlarni almaştiriş uçun Rossiyaga yillar kerak böladi, deb xabar berdi 6 iyun, juma kuni Reuters agentligi uşbu sohadagi ğarb ekspertlariga tayanib. Bu yöqotişlar «Rossiya armiyasining öz imkoniyatlari çegarasida işlayotgan asosiy kuçlariga jiddiy bosim ötkazadi», dedi agentlikka Qirollik birlaşgan mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) eksperti Jastin Bronk.
Bombardimonçilarning yöqotilişi Rossiyaning yadroviy salohiyatiga jiddiy ta’sir körsatişi dargumon, uning yadroviy kuçlari asosini quruqlikdan va suvosti kemalaridan uçiriladigan raketalar taşkil etadi, deb yozadi Reuters. Şu bilan birga, foydalanişdan çiqarilgan samolyotlar Rossiya Aerokosmik strategik kuçlarining bir qismi bölib, ular Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davomida Ukraina hududida qanotli raketalarni uçiriş uçun işlatilgan, deb ta’kidlaydi Bronk.
Ukraina Xavfsizlik xizmatining (SBU) «Pautina» operatsiyasi paytida şikastlangan samolyotlarning aksariyati sovet davrida işlab çiqarilgan, sönggi yillarda maşinalar faqat modernizatsiya qilingan, şuning uçun ularni töliq almaştiriş dargumon, deb ta’kidlaydi aviatsiya eksperti Duglas Barri.

















