Forum doirasida dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan 3000 nafarga yaqin iştirokçilar, 1 000 dan ortiq kompaniyalar Toşkentdagi sarmoyaviy muhit bilan tanişiş, investitsiyaviy loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boriş uçun jam bölişadi.

Işsizlikka qarşi amaldagi yeçim

Özbekistonda işsizlik va vaqtinça iş bilan bandlik hali ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Forumda e’lon qilingan yirik sanoat, agrar, logistika va infratuzilma loyihalari minglab yangi iş örinlarini yaratiş imkonini beradi. Bu, ayniqsa, yoşlar va kasbga ega mutaxassislar uçun katta imkoniyat hisoblanadi.

Agrobiznes, IT, kimyo, quriliş, turizm va energetika kabi sohalarda yirik investitsiya kirib kelişidan ham iqtisodiy manfaat bor, ham aholi uçun yangidan yangi iş imkoniyatlari oçiladi.

Mahsulot va xizmatlar sifatidagi yaxşilaniş

Şu kungaça bölgan davrda forumda qatnaşişi kutilayotgan köplab xorijiy kompaniyalar öz loyihalarini Özbekistonda amalga oşiriş niyatida ekanini bildirdi. Bu işlab çiqariş korxonalari, tibbiyot, ta’lim, bank, turizm va IT xizmatlari sohasida ham sifatning oşişiga olib keladi.

Investitsiyaning ortgani, albatta, faqat korxonalar sonining köpayişi bilan emas, balki servis sifatining oşib borişi, mahsulotlar raqobatbardoşligi va zamonaviy texnologiyalar kirib kelişini ham anglatadi. Jumladan, logistika tizimlari, raqamli xizmatlar, ta’lim va tibbiyot kabi sohalardagi xorijiy investitsiyalar oddiy fuqarolar uçun hayot sifatini kötarişda bevosita ahamiyat kasb etadi.

Forum doirasida “yaşil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya, energetika, turizm va ta’lim sohalarida önlab innovatsion ğoyalar taqdim etildi. Bularning amalga oşişi Özbekiston aholisi uçun arzon va sifatli xizmatlar, ekologik toza mahsulotlar hamda yangi infratuzilmalarni anglatadi.

Xalqaro maydonda Özbekistonga bölgan işonç ortmoqda

Forum doirasida Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ham keng yoritiladi. Muhimi, mamlakatimizda yaratilgan investitsiyaviy muhit, kafolatlar, huquqiy himoya mexanizmlari va faol islohotlar xalqaro investorlarni jalb qilmoqda.

Sarmoyadorlar uçun oçiq va şaffof muhit yaratiş, biznes yuritişda qulayliklar beriş bugungi davlat siyosatining markazida turibdi. Natijada, jahonning yetakçi kompaniyalari Özbekistonni investitsiya uçun işonçli yurt deb bilib, faol hamkorlikka kirişmoqda.

Har kim kuzatişi mumkin

Forum rasmiylar va investorlar uçraşuvi bilan çeklanib qolmaydi. Uni maxsus onlayn platforma orqali (https://tiif.online) jamoatçilik ham töliq kuzatib borişi uçun imkoniyat yaratilgan. Körgazma, panel muhokamalar, biznes forumlar orqali har bir fuqaro uşbu jarayonlarni bevosita kuzatiş va ma’lumot oliş imkoniga ega.

Eng muhimi, forumda muhokama qilinadigan har bir ğoya, har bir investitsiya bitimi ertaga biz işlaydigan zavod, farzandlarimiz öqiydigan maktab yoki oilaviy klinika körinişida hayotimizga kirib kelişi mumkin.

Faqat davlat emas, jamiyat ham yutmoqda

TIIF–2025 şunçaki rasmiy forum emas. Bu islohotlar natijasini körsatuvçi, mamlakatning yangi taraqqiyot bosqiçi sari taşlagan qat’iy qadami. Bu forum:

– işsizlikka qarşi amaliy çoralar;

– sifatli xizmatlar va raqobatbardoş mahsulotlar;

– jahonning Özbekistonga bölgan işonçi;

– eng muhimi, xalq farovonligi uçun investitsiyaviy rivoj yölidir.

Bu xalqaro forum – barçamizga ta’sir qiladigan, yangi imkoniyatlarni kengaytiradigan voqea. Özbekistoning global sahnaga çiqişiga bevosita guvoh böling!

Şerzod Zokirov,
yuridik fanlar böyiça
falsafa doktori (PhD)