Rossiya hududida rasman ta’lim muassasalarida röyxatga olinmagan 300 mingdan ortiq voyaga yetmagan migrantlar mavjud. Bu haqda RF içki işlar vazirining örinbosari Igor Zubov ma’lum qildi.
10 iyun kuni Rossiya Davlat dumasidagi çiqişi davomida u mamlakatda jami 638 mingdan ortiq migrant bolalar borligini va ularning soni kamayib borayotganini ma’lum qildi. «Ularning aksariyati öqimasligi, menimça, bu haqiqatga töğri kelmaydi. Ammo aftidan, qandaydir sabablarga köra, ularning yarmiga yaqini bekor yuribdi», — deydi Zubov. Uning sözlariga köra, Moskvada 80 mingdan ortiq çet ellik voyaga yetmagan bola bor. Ularning 25 ming nafarigina öqiydi.
Oldinroq ötgan ikki oy içida — Rossiya ta’lim muassasalariga qabulni nazorat qiluvçi yangi qonun kuçga kirganidan keyin, mamlakatga kelgan migrantlarning farzandlarini faqat 4 foizi maktablarga qabul qilingani ma’lum bölgandi.
Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodinning aytişiça, 22 may holatiga köra, bilim tekşiruvidan ötişga atigi 498 nafar ariza beruvçi ruxsat olgan — bu umumiy murojaat qilgan (2868 nafar) şaxslarning 17 foizini taşkil etadi.
Seşanba kuni Davlat dumasi çet elliklarning farzandlari maktablarga qabul qilinmagan taqdirida ularni röyxatga oliş va nazorat qilişga oid qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi. Qonun loyihasiga köra, ta’lim boşqaruvi organlari majburiy tartibda migrant bolalar haqidagi ma’lumotlarni Içki işlar vazirligi bölinmalari bilan almaşişi közda tutilmoqda.
2021 yil holatiga köra, Rossiya maktablarida tahsil olayotgan xorijlik bolalar soni taxminan 140 ming nafarni taşkil etgan.












