11-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahrida ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uçraşdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, muzokaralarda Özbekiston va Jahon banki örtasidagi strategik şeriklikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.

Qayd etilişiça, ayni paytda ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetgan.

Uçraşuvda iqtisodiy ösişni jadallaştiriş va yangi iş örinlari yaratiş dasturini amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, Jahon banki bilan şeriklik böyiça yangi Mamlakat dasturini tayyorlaş, infratuzilma loyihalariga xususiy investitsiyalarni jalb etiş, xususiylaştiriş jarayonlarini qöllab-quvvatlaş hamda suv xavfsizligini taʼminlaş hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi.

Muzokaralarda joriy yil dekabr oyida Toşkentda bölib ötadigan Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi mablağlarini örta muddatli körib çiqiş böyiça xalqaro forumga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.