Isroilning ikkinçi kungi zarbalari energetika obektlariga qaratildi. Netanyahu Erondagi reja qilingan nişonlarning barçasi yakson etilişini aytdi. Eron ham zarbalarning yangi tölqinini amalga oşirdi. Bugun Ömonda ötişi kerak bölgan AQŞ–Eron muzokaralari bekor qilindi.
Jarayonlarga ekspertlar munosabati – Kun.uz studiyasidagi jonli efirda muhokama qilindi.
— Eron-Isroil uruşida dunyo davlatlari öz tomonlarini tanlayotgandek, bu «Jahon uruşlari» kabi guruhlarga bölinişmi?
— Kamoliddin Rabbimov: Isroil-Eron uruşi ayni vaqtda jahon uruşiga aylaniş ehtimoli kam, uning uçun iştirokçilar soni bir qança bölişi kerak. Ma’lumotlarga köra, Eron Taşqi işlar vaziri Qatarga va Ömon sultonligiga murojaat qilib, Amerika bilan tinçlik kelişuvlariga vositaçilik qilişni sörayapti. Eron kelişuv izlayapti, Tehron uruş çözilişini xohlamayapti.
Asosiy masala iqtisodiy-ijtimoiy va tölaqonli bosim, ya’ni Amerika bilan uruşdan Eron manfaatdor emas. Çunki siyosiy tizim, balki, butun bir risklarni inobatga olib, «Mayli, hozirça özimizni mustahkamlab tinçlik kelişuviga erişib turaylik, lekin vaqt keladi, biz özimiz uçun kerakli bölgan qalqonni yaratib olganimizdan keyin boşqaça gaplaşamiz», degan bölişi ham mumkin.
Masalan, Islom hamkorlik taşkiloti a’zolari uçraşib, biror qaror qabul qilişi uçun kamida taşqi işlar vazirlari darajasidagi uçraşuv bölişi kerak. Undan oldin davlatlar umumiy pozitsiyalarini muvofiqlaştirib olişi zarur, şuning uçun ham mening nazarimda taşkilot içida jarayon allaqaçon boşlangan.
— Bektoş Berdiyev: Pokiston tomonida bugun agar biz Eronni bombardimon qilib tiz çöktirişga yöl qöysak, navbat bizga ham keladi degan tafakkur bor. Erondan keyingi nişon Turkiya bölişi mumkin, undan söng yadroviy qudratga ega Pokiston, mintaqa yetakçisi Saudiya Arabistoni Isroil rejasida deyiş mumkin. Bu navbat Misrga ham yetib borişi mumkin. Yaqinda Isroilning mudofaa vaziri alohida tilga oldi, «Misrga bunça qurol nimaga kerak? Biz Misrning qurollanişini jim kuzatyapmiz» deb bayonot berdi. Saudiya Arabistonining pozitsiyasi Islom hamkorlik taşkilotida köp narsani anglatadi, şuning uçun hozirça Saudiya Arabistoni indamay turibdi.
Şuningdek, Netanyahu bayonotida «Agar Eron bizning arab qöşnilarimizga hujum qilsa, biz bunga jim qarab turmaymiz dedi, ya’ni u Saudiya Arabistonini ittifoqçim demoqçimi?! Şu kabi savollar hali ham oçiq va yaqin kunlarda Isroilga öz havo hududidan yordam berganlar baribir oçiqlanadi.
— Yadro quroliga ega Pokiston musulmon dunyosida yetakçilikni qöga oladimi?
— Kamoliddin Rabbimov: Islom hamkorlik taşkilotida yoki Arab davlatlari ligasida ham asosiy yetakçi bu Saudiya Arabistoni. Saudiyaning eng asosiy resursi unda Makka va Madina joylaşgani. Ya’ni Islom dinida ikkita markaz mavjud. Birinçisi aqidaviy ya’ni doktrinal markaz bu Qur’on. Bu universal ma’no hamda makon yaratadigan bir markaz. Ikkinçisi, geografik markaz Makka va Ka’ba fenomeni. Ya’ni Islom dinida Islom ummati yiğila oladigan yagona nuqta fenomeni mavjud. Boşqa sivilizatsiyalarda buning muqobili mavjud emas. Xristian dunyosining geografik markazi mavjud emas. Yahudiylik dinining ham geografik markazi mavjud emas.
Şuningdek, suhbat davomida Isroil-Eron uruşining eng nozik nuqtalari muhokama qilindi, suhbatni YouTube platformasida tomoşa qiling.












