Isroilning Eronga qarşi bir neça kundan beri davom etayotgan harbiy amaliyoti fonida Germaniya bu davlatlardan öz fuqarolarini evakuatsiya qilişga hozirlik körmoqda. 16 iyun, duşanba kuni Berlinda Germaniya Taşqi işlar vazirligi vakili Isroildan evakuatsiya qiliş uçun jami 4000 ga yaqin nemis fuqarosi ELEFAND inqirozlar röyxatida, Eronda esa deyarli 1000 nafari bor, dedi.

Uning sözlariga köra, bu röyxatlar hozirda Isroil va Eronda qança nemis fuqarolari borligi haqida töliq ma’lumot bermaydi, çunki ularning köpçiligi hisobga olinmagan. TIV vakili uşbu mamlakatlardagi barça Germaniya fuqarolarini ELEFAND'da röyxatdan ötişga çaqirdi. Hozirda havo orqali evakuatsiya qilişning imkoni bölmagani uçun «barça variantlar körib çiqilmoqda», ammo hozirça yakuniy qaror yöq, deya qöşimça qildi vazirlik.

Ayni paytda, Çexiya hukumati allaqaçon öz fuqarolarini Isroildan evakuatsiya qilişni boşlagan. Çexiyaning Isroildagi elçisi Veronika Kuçinova-Şmigolova CTK agentligiga 80 ga yaqin odam Tel-Avivdan avtokolonnada qöşni davlatlardan biriga olib ketilgani, u yerdan hukumat samolyotida Pragaga evakuatsiya qilinganini bildirdi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan bu davlat nomi oşkor etilmayapti.

Slovakiya ham öz fuqarolarini evakuatsiya qilişni rejalaştirmoqda va mintaqaga ikkita hukumat samolyotini jönatgan. Ulardan birining Bratislavaga qaytişi kutilmoqda, deb xabar qildi Slovakiya TIV xavfsizlik nuqtayi nazaridan tafsilotlarni keltirmagan holda. Mamlakat IIV birinçi samolyot Iordaniyadan yetib kelişi va 91 yölovçini yetkazişini, ikkinçisi esa Kiprdan kelişini aytdi. Dpa agentligi ta’kidlaganidek, ötmişda şunga öxşaş vaziyatlarda Slovakiya boşqa Yevropa mamlakatlari fuqarolarini evakuatsiya reyslariga qabul qilgan va bu safar ham bunday çora istisno etilmagan.