Kanada hozirda mezbonlik qilayotgan G7 sammitidan söng Ukrainadagi uruş böyiça «kuçli» qöşma bayonot çiqariş rejasidan voz keçdi. Bunga AQŞning qarşilik körsatişi sabab böldi, deb xabar berdi Reuters agentligi 18 iyun, çorşanbaga ötar keçasi Kanada hukumatidagi manbalarga tayanib.
CBC News yozişiça, Vaşingtonga Rossiyaga nisbatan rejalaştirilgan kommyunikedagi ayrim iboralar yoqmagan: Oq uy ular Rossiya bilan Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça keyingi muzokaralarga tösqinlik qilişidan xavotirda. Telekanal ma’lumotlariga köra, sammitga raislik qilayotgan Kanada boş vaziri Mark Karni öz bayonotida uning bir qismini işlatişni rejalaştirgan.
G7 davlatlari Ukraina böyiça yakuniy bayonot örniga, xususan, Yaqin Şarqdagi vaziyat, sun’iy intellekt, migratsiya va muhim mineral resurslar böyiça yana bir qança qöşma bayonotlar e’lon qildi.












