Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni mamlakat terma jamoasining futbol böyiça jahon çempionatiga çiqqani bilan tabrikladi.
Töqayev 17 iyun kuni Ostonada ötkazilgan «Markaziy Osiyo - Xitoy» sammitida söz berişdan oldin hamkasbiga murojaat qildi.
«Sportdagi uşbu tarixiy muvaffaqiyat, Özbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol böyiça jahon çempionatiga çiqqani bilan çin qalbimdan tabriklayman. Bu özbek futboli uçun ulkan muvaffaqiyat. Biz özbek döstlarimiz uçun çin dildan xursandmiz va albatta sizlarga muxlislik qilamiz», dedi Qozoğiston rahbari.
Özbekiston milliy jamoasi Osiyo saralaş turniri «A» guruhida ikkinçi örinni egallab, ilk bor jahon çempionatiga yöllanma oldi.
«Markaziy Osiyo - Xitoy» sammitida iştirok etgan Xitoy, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston milliy jamoalari saralaş turnirida muvaffaqiyat qozonmadi.
Qozoğiston milliy jamoasi Yevropa saralaş turnirida «J» guruhida iştirok etmoqda va Şimoliy Makedoniya, Uels, Belgiya, Lixtenşteyn terma jamoalari bilan yagona yöllanma uçun kuraş olib bormoqda. Yevropada saralaş öyinlari noyabr oyida yakunlanadi. Qozoğiston hozirça guruhda 4-örinni egallab turibdi.
Jahon çempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar Kanada, Meksika va AQŞ şaharlarida bölib ötadi.












