AQŞning Isroil va Eron örtasidagi mojaroga aralaşuvi mumkinligi haqidagi taxminlar fonida Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxan Vadeful uruşning boşqa mamlakatlarga ham tarqalişi xavfidan ogohlantirdi. «Hozir davom etayotgan harbiy zarbalar diqqatni faqat harbiy yeçimga qaratiş xavfini tuğdirmoqda», dedi u 18 iyun, çorşanba kuni Berlinda iordaniyalik hamkasbi Ayman al-Safadiy bilan uçraşuvda.
Uning sözlariga köra, bu boşqa davlatlarni mojaroga jalb qiliş xavfini keskin oşiradi. Jurnalistlarning Vadeful Isroilning Eronga qarşi olib borayotgan harbiy operatsiyasiga AQŞning ehtimoliy kirişini qöllab-quvvatlaydimi, degan savoliga u bunday qadamga qarşi ekanini aytdi.
Germaniya vaziri, şuningdek, AQŞ Davlat departamenti rahbari Marko Rubio Isroil amaliyoti boşidayoq öz mamlakatining aralaşuvini istisno etganini ham eslatdi. Şu bilan birga, Eron Amerika obektlariga hujum qilgan taqdirda, «albatta, harbiy javob böladi», dedi Vadeful.












