Ukrainadagi uruş yuzasidan AQŞ va NATOning aksariyat boşqa davlatlari örtasida davom etayotgan kelişmovçiliklar fonida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Ğarb ittifoqçilarini birdam bölişga çaqirdi. 18 iyun, çorşanba kuni Strasburgda Yevroparlamentda qilgan çiqişida u: «Rossiyaning NATO va YeIga qarşi heç qanday imkoniyati yöq», dedi va şunday ta’kidladi: «Ammo biz birga bölişimiz kerak!».

24—25 iyun kunlari Haagada bölib ötadigan NATO sammiti oldidan Yevropa diplomatiyasi rahbari «alyansda birlikni saqlaş mudofaa xarajatlarini oşiriş kabi ustuvor vazifa bölişini» aytdi. «Men NATOdagi ittifoqçilarimiz bilan birgalikda harakat qiliş orqali yengib bölmaydigan tahdid borligiga işonmayman», — deya qöşimça qildi Kallas.

The Times'ning Ukraina prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga tayanib yozişiça, Haagadagi sammitga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham taklif qilingan, biroq bu boradagi qaror «sammit arafasida» qabul qilinadi. NATO sammiti matnida baribir Rossiya «töğridan töğri tahdid» sifatida qayd etiladi, biroq Ukrainaning alyansga a’zo böliş uçun «qaytib bölmas» yöli borligi haqidagi avvalgi bayonotlar bu safar takrorlanmaydi, deb yozadi The Times. Avvalroq Ukraina sammitga taklif qilinganini alyans boş kotibi Mark Ryutte tasdiqlagan edi.