Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanişiş maqsadida 18 iyun kuni Toşkent viloyatining Parkent tumaniga taşrif buyurdi.

Dastlabki manzil «Parkensoy» turar joy massivi böldi. Tuman markazidan oqib ötuvçi Parkensoy qirğoğida qurilayotgan uşbu massivni ekoşahar deyiş mumkin. Uning umumiy maydoni 6 gektar bölib, jami 5 ming 200 xonadonli 125 ta köp qavatli turar joy quriladi.

Davlat rahbari mazkur yangi xonadonlardagi şaroitlarni kirib kördi.

Bu yerda, şuningdek, ikkita maktab, sakkizta boğça, bolalar maydonçalari, 10 gektarlik park, sun’iy köl, sayilgoh va veloyölaklar barpo qilinadi. 17 kilometr içki yöllar ta’mirlanadi.

Davlat rahbari şu yerda tumanni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Bu boradagi muhim loyiha – «Baytqörğon – Parkent» elektrlaştirilgan temir yöli. Hozir uning qurilişi jadal ketmoqda. Qariyb 24 kilometrlik bu yöl foydalanişga topşirilgaç, Parkentdan poytaxtga boriş uçun qulaylik yaratiladi. Unda kuniga 275 ming nafargaça yölovçi taşilişi hisob-kitob qilingan.

Parkensoyni tartibga keltiriş, qirğoqlarini mustahkamlaş böyiça ham iş olib borilmoqda. Birinçi bosqiçda soyning 4 kilometr qismi töliq betonlaştirildi. Ikkinçi bosqiçda Kumuşkongaça bölgan özanlar tartibga keltirilib, oçiladigan 100 gektar yerda turizm obektlari taşkil etiş rejalaştirilgan.

Prezident şu yerda parkentlik faollar bilan suhbatlaşdi.

– Bizning eng katta boyligimiz yurtimiz tinçligi, xalqimizning osoyiştaligi. Tinçlik barqaror bölsa, mana şunday bunyodkorlik böladi, rejalar amalga oşadi. Davlat taşkilotlarini safarbar qilib, imkoniyatlarni yuzaga çiqarib, hamma hududlarni rivojlantirişga harakat qilyapmiz. Parkentga ham istiqlol şabadasi, islohotlar natijasi yetib kelganini körib, xursand böldim. Xalqimiz mana şunday farovon şaroitda yaşaşga munosib, – dedi Şavkat Mirziyoyev.