Rossiyaning Sterlitamak şahrida mahalliy fuqarolarning «Gosuslugi» akkauntlarini buzib, öndan ortiq migrantni röyxatdan ötkazgan Özbekiston fuqarosi qölga olindi. Bu haqda Baza xabar berdi.

Manbaga köra, Azamatjon R. ismli erkakka nisbatan xorij fuqarolarini soxta röyxatga oliş moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan. U uy qamoğiga olindi.

Tergov fikriça, erkak röyxatdan ötişda yordam uçun hamyurtlaridan pul olgan. Buning uçun u «Gosuslugi» davlat xizmatlari portalini buzib kirgan va akkaunt egasiga bildirmasdan vatandoşlarini röyxatdan ötkazgan. Hammasi bölib öndan ortiq çet ellikni qonuniylaştirişga muvaffaq bölgani ta’kidlanmoqda.

Erkak mamlakatdan taşqarida bölganida huquq-tartibot idoralari xodimlari e’tiboriga tuşgan. Biroq yaqinda Boşqirdistonga qaytib kelganida uşlangan va Ufaga olib ketilgan.