Avstriyadagi Vena universiteti tadqiqotçisi Rudolf Dellmur boşçiligidagi xalqaro guruh qadimgi odamlar yaşaş uçun qulay köringan ayrim hududlarda nega örnaşmaganini örgandi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida eʼlon qilindi.
Rubʼ al-Xoli dunyodagi eng yirik qumli çöllardan biri bölib, Arabiston yarimorolining janubida joylaşgan. Uning maydoni taxminan 650 ming kvadrat kilometrni taşkil etadi. Çöl manzarasini asosan ulkan qum tepaliklari belgilaydi - ularning balandligi ayrim joylarda 250 metrgaça yetadi.
Hozir bu hududda öta issiq va quruq iqlim hukmron. Köpçilik rayonlarda yillik yoğin miqdori 50 millimetrga ham yetmaydi, havoning örtaça yillik harorati esa 27–32 darajani taşkil etadi.
Biroq ön minglab yillar avval bu yerning tabiati boşqaça bölgan. Afrika va Hindiston mussonlari kuçaygan davrlarda Arabiston yarimoroliga köproq yoğin tuşgan. Pastqam joylar suvga tölib, köllar paydo bölgan, ularning atrofini esa ösimliklar qoplagan. Mintaqaning iqlim tarixidagi bunday nam davrlar «Yaşil Arabiston» davrlari deb ataladi.
Arxeologlar va antropologlar Arabiston yarimorolini qadimgi odamlarning Afrikadan boşqa hududlarga tarqaliş yöllaridan biri sifatida körib keladi. Avvalgi suv havzalari yaqinidan topilgan toş qurollar ham bu taxminni quvvatlaydi.
Şunga qaramay, maʼlum bölgan qadimgi manzilgohlarning aksariyati çölning çekka qismlarida joylaşgan. Uning markaziy hududlari esa ança kam örganilgan. Şu sababli çuçuk suv manbalari bölgan içki hududlarda odamlar yaşaganmi yoki yöqmi, degan masala oçiq qolgan.
Tadqiqotçilarni, ayniqsa, 122 ming yil avvaldan 67 ming yil avvalgaça bölgan davr qiziqtirgan. Öşa vaqtda yarimorolning ayrim qismlarida çuçuk suvli köllar köp bölgan, qadimgi odamlar esa mintaqa böylab faol tarqalayotgan edi.
Avvalgi tadqiqotlarda Arabistondagi hududlarning yaşaşga qançalik qulayligi asosan iqlim, ösimlik qoplami va suv mavjudligiga qarab baholangan. Mehnat qurollari yasaş uçun zarur toş xomaşyosining qayerda borligi esa alohida omil sifatida maxsus tekşirilmagan.
Holbuki, qurol yasaş uçun har qanday toş ham yaramaydi. Qadimgi odamlarga sindirilganda ötkir qirralar hosil qiladigan toğ jinslari kerak bölgan. Bunday toşlarni uzoqdan olib kelib işlov beriş mumkin, ammo xomaşyoni katta masofalarga muntazam taşiş jismonan qiyin keçgan.












