Uzbekistan Airways AJ 2026 yilda Özbekistonning milliy aviataşuvçisi CALC (China Aircraft Leasing Group Holdings Limited) lizing kompaniyasi-hamkoridan ikkita yangi tor fyuzelyajli Airbus A321neo havo kemasini qabul qiladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, yangi havo kemalari allaqaçon muvaffaqiyatli foydalanilayotgan Airbus A321neo rusumidagi havo kemalari parkining bir qismiga aylanadi. Bu esa aviakompaniyaning yölovçi taşişda samarali, tejamkor va qulay yeçimlar yönalişini davom ettirişini tasdiqlaydi.

Olib kelinadigan laynerlarning öziga xos xususiyati salonning yangiça tuzilişi böladi: uzoq masofali parvozlar uçun maksimal qulaylikni ta’minlaydigan Full Flat konfiguratsiyaga ega 16 ta biznes-klass örindiği va 156 ta ekonom-klass örindiği.

Ta’kidlanişiça, havo kemalari Airbus kompaniyasining eng sönggi Airspace Premium kabina saloni bilan jihozlanadi, bu esa yaxşilangan şovqindan izolyatsiya, keng bagaj bölimi, örindiqlar ustidagi joyning kengaytirilişini va zamonaviy LED yoritişni ta’minlaydi. Bundan taşqari, bortda internet aloqasi mavjud böladi, bu esa yölovçilarga sayohat davomida aloqada qoliş imkonini beradi. Şuningdek, individual ekranlardan foydalaniş mumkin bölgan zamonaviy köngiloçar tizim, jumladan, filmlar, musiqa, öyinlar va parvoz xaritasi ham mavjud böladi.

«Airbus A321neo modeli öz klassidagi eng zamonaviy samolyotlardan biri hisoblanadi: yuqori yoqilği samaradorligi, uzoq parvoz masofasi va şovqin darajasining pastligi bu samolyotlarni örta va uzoq masofali yönalişlar uçun maqbul qiladi», - deyiladi xabarda.