Malayziya poytaxti ilk daqiqalardanoq hayratga sola oladi. Bu yerda közni qamaştiruvçi osmonöpar binolar öziga xos mahallalar va ibodatxonalar bilan yonma-yon joylaşgan. Megapolis şovqini örnini yaşil boğlarning sokinligi egallaydi. Bir buriliş ortida zamonaviy savdo markazi, boşqasida esa xuşböy köça taomlari va şaharning butunlay özgaça surʼati sizni kutib olişi mumkin.

Kuala-Lumpur, ayniqsa har kim bu yerda öziga xos sayohat rejasini tuzişi mumkinligi bilan jozibali. Hayratlanarli zamonaviy meʼmorçilik qurşovida kun ötkaziş, xarid qiliş, malay, xitoy va hind taomlarini tatib köriş, tropik boğlarda şoşilmasdan sayr qiliş yoki şunçaki Janubi-Şarqiy Osiyoning eng yorqin megapolislaridan biri hayotini kuzatiş mumkin.

Foto: Uzbekistan Airways

Agar sayohatni davom ettirişni istasangiz, Kuala-Lumpur Malayziyaning boşqa manzillariga boriş uçun qulay tranzit nuqtasi bölişi mumkin. Interlayn kelişuvi tufayli butun yönalişni - masalan, Langkaviga yoki Borneo orolining Malayziya qismigaça - yagona aviaçipta orqali rasmiylaştiriş va bagajni oxirgi manzilgaça röyxatdan ötkaziş mumkin. Ortiqça töxtaşlar va qayta röyxatdan ötişlarsiz - faqat bitta tranzit va Malayziyani özingiz uçun kaşf etişga yanada köproq imkoniyatlar.

Foto: Uzbekistan Airways

Bunday sayohatni rejalaştiriş endi yanada qulay böladi. Oktabr oyi oxiridan boşlab Uzbekistan Airways Toşkent - Kuala-Lumpur yönalişi böyiça muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga tört martagaça oşiradi.

  • Toşkentdan parvozlar çorşanba va yakşanba kunlari soat 23:05 da, payşanba kunlari soat 17:50 da, şanba kunlari esa soat 07:40 da amalga oşiriladi.

  • Kuala-Lumpurdan qaytiş parvozlari duşanba va payşanba kunlari soat 11:00 da, juma kunlari soat 05:50 da, şanba kunlari esa soat 19:40 da amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Bunday jadval köproq erkinlik beradi: tölaqonli taʼtilni rejalaştiriş, bir neça kunlik taassurotlarga boy sayohat uyuştiriş yoki Janubi-Şarqiy Osiyoning bir neçta manzilini qamrab oluvçi yönaliş tuziş mumkin. Sayohatni boşlaş yanada osonlaşdi: bir tomonga aviaçipta narxi 3 235 000 sömdan, boriş va qaytiş çiptasi esa 6 357 000 sömdan boşlanadi.