Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ğarb iqtisodlarining yaqin orada qulaşini başorat qildi. «Ğarb davlatlarida nima bölyapti? Ular bizni doim dafn etişadi. Tez orada özi öladi», dedi u 27 iyun, juma kuni Minskdagi Yevrosiyo iqtisodiy forumida.

Putinning sözlariga köra, ötgan yili Rossiya yalpi içki mahsuloti 4,3 foizga ösgan bölsa, Yevrohududda bu körsatkiç bor-yöği 0,9 foizni taşkil etgan, Yevropaning yetakçi iqtisodlari, xususan, Germaniya «tanazzul yoqasida muvozanatni saqlamoqda». Şu bilan birga, Rossiya prezidenti joriy yilda Rossiya iqtisodiyotining ösişi «ançagina oddiyroq» bölişini ta’kidladi, bu esa «inflatsiyaga qarşi kuraş» bilan izohlanadi.

Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari, xususan, Rossiya nefti narxini pasaytiriş çora-tadbirlariga kelsak, ular «uşbu sanksiyalarni joriy qilganlar»ning ahvolini yanada yomonlaştiradi, xolos», dedi Putin.

Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi davlatlari Moskvaga qarşi 18-jazo çoralari paketini qabul qilişga tayyorlanmoqda. Ayrim yevropalik siyosatçilar, xususan, Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro bölajak sanksiyalarni «ehtimol, 2022 yildan beri eng keng qamrovli» deb atadi.

«Rossiya iqtisodi prezident Putin uç yildan beri olib borayotgan mustamlakaçilik uruşidan tobora köproq azob çekmoqda, bu uruş Rossiya resurslarini quritmoqda. Bu resurslar bugun muhokama qilinayotgan yangi sanksiyalar paketi bilan yanada yomonlaşadi», — dedi Barro.

Biroq 26 iyun kuni bölib ötgan sönggi sammitda Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketi Vengriya va Slovakiya pozitsiyasi tufayli qabul qilinmadi.