AQŞ Oliy sudi tuğiliş holati böyiça fuqarolik beriş işida AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonida bölib, quyi sudyalarning Oq uyning milliy miqyosdagi siyosatiga tösqinlik qiliş imkoniyatini çekladi. Vaşingtondagi konservativ sudya Emi Koni Barrett 27 iyun, juma kuni şunday qaror çiqardi.

Oliy sud yakunda konservativ köpçilik ovoz bilan quyi sudlar «Kongress federal sudlarga berilgan vakolatidan çiqib ketgan» degan qarorga keldi, deb xabar beradi AFP.

Bu quyi sudlarning Trampning noqonuniy muhojirlarning farzandlariga fuqarolikni taqiqlaş haqidagi buyruğini bloklaş vakolatini çeklaydi. Uşbu sudlar öz qarorlarini qayta körib çiqişi kerak. Şuningdek, qarorda Trampning bu siyosati qonuniyligi körib çiqilmagan, deb xabar berdi Reuters.

Donald Tramp şaxsan bu lavozimga Barrettni birinçi muddatda tayinlagan edi. Oq uy rahbari unga minnatdorçilik bildirib, Oliy sud «radikal söl sudyalar» tomonidan «hokimiyatni suiiste’mol qiliş»ga çek qöyganini aytdi. «Oliy sud Konstitutsiya, hokimiyatlar bölinişi va qonun ustuvorligini himoya qilişda ulkan ğalabaga erişdi», — dedi Tramp.

Oq uy rahbari 20 yanvardagi inauguratsiyadan söng AQŞ fuqaroligini tuğiliş huquqi böyiça berişni çeklovçi farmonni imzoladi.