Rossiyaning Novosibirsk viloyatida yöqolgan bolalarni sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida qidiriş tizimi muvaffaqiyatli joriy etildi.

NtechLab tomonidan işlab çiqilgan Find Face Multi xizmati olti oilaga yöqolgan bolalarni topişda muvaffaqiyatli kömak bergan.

Dastur videokuzatuv kameralaridagi tasvirlarni yöqolgan bolaning surati bilan taqqoslab tahlil qiladi. Agar mos kelsa, avtomatik ravişda huquqni muhofaza qiliş organlarini xabardor qiladi. Işlab çiquvçilarning fikriga köra, tanib oliş aniqligi 99 foizdan oşadi.

Viloyat raqamli rivojlaniş vaziri örinbosari Anton Loşakov sözlariga köra, qidiruv tizimi faqat ota-ona roziligi bilan faollaştiriladi. Buning uçun 112 xizmati orqali ariza topşiriş, söngra bolaning fotosuratini «Bezopasnyy gorod» tizimining xavfsiz sxemasiga yuklaş kerak.

NtechLab boş direktori Aleksey Palamarçukning ta’kidlaşiça, tizim ham mustaqil işlaşi, ham mavjud xizmatlarga birlaştirilişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, Novosibirsk viloyati texnologiya öz samaradorligini amalda isbotlagan Rossiyaning birinçi mintaqasi böldi.