Donald Tramp va Vladimir Putin örtasida bir soatga yaqin davom etgan telefon suhbati bölib ötdi, deb xabar berdi jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov. Uning sözlariga köra, Putin Trampga Rossiya Ukrainada erişmoqçi bölgan maqsadlaridan voz keçmoqçi emasligini aytgan. Bu Tramp yanvar oyida yana öz lavozimiga kirişganidan beri ikki prezidentning oltinçi suhbati böldi.

«Prezidentimiz Rossiya öz oldiga qöygan maqsadlarga erişişini, ya’ni hozirgi vaziyatga, hozirgi keskin qarama-qarşilikka olib kelgan barçaga ma’lum sabablarni bartaraf etişini aytdi. Rossiya bu maqsadlaridan çekinmaydi», – deya Uşakovning sözlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.

Şu bilan birga, Uşakovning sözlariga köra, Putin Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirişga tayyorligini bildirgan, Tramp esa «yana bir bor harbiy harakatlarni tezroq yakunlaş masalasini kötargan».

Uşakov prezidentlar Ukraina va Rossiya örtasidagi muzokaralarning uçinçi raundini ötkaziş masalasini muhokama qilmaganini aytgan. Avvalroq Putin tomonlar bunday maslahatlaşuvlar vaqti va joyini kelişib olişga harakat qilayotgani, ular yana Istanbulda ötkazilişi mumkinligini aytgandi. «Ehtimoliy uçinçi raundning aniq mazmuni muhokama qilinmadi», – dedi u.

Uşakov, şuningdek, Tramp suhbatni «ma’muriyatning soliq, migratsiya va energetika sohalaridagi islohotlar töğrisidagi flagman qonun loyihasi AQŞ Kongressidan muvaffaqiyatli ötgani haqida ma’lumot beriş»dan boşlaganini aytdi.

Gap soliq imtiyozlarini kamaytiriş, ammo budjet xarajatlarini oşiriş töğrisidagi «Katta va gözal qonun» haqida bormoqda, u bir kun oldin Senatdan ötib, tuzatişlar bilan yakuniy ovoz beriş uçun Kongressning Vakillar palatasiga qaytarilgandi.

AQŞ vakillari hozirça Trampning Putin bilan suhbatiga izoh bermadi.

Ikki prezident telefon orqali suhbat qurişi haqida u boşlanişidan taxminan bir soat oldin ma’lum bölgandi.

Rejalaştirilgan suhbat haqida birinçi bölib Vladimir Putin gapirdi. «Yangi davr uçun kuçli ğoyalar» forumida Rossiya prezidenti uni AQŞ prezidenti bilan suhbat kutib turganini aytdi. Putin forum iştirokçilaridan Trampga ularning nomidan nima deb qöyişni söradi.

Keyin Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida suhbat haqida anons berib, qönğiroq ertalab soat 10:00 ga (Moskva böyiça soat 17:00) rejalaştirilganini ma’lum qildi.

1 iyul kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan 2022 yildan beri birinçi marta qönğiroqlaşgandi. Şundan söng Makron telefon orqali Volodimir Zelenskiy bilan ham gaplaşgan.

Financial Times gazetasi, Reuters va AFP agentliklari öz manbalariga tayanib xabar berişiça, 4 iyul, juma kuni Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy örtasida suhbat bölib ötişi rejalaştirilgan.

OAV ma’lumotlariga köra, ular Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatişni muhokama qilişlari kerak.

Zelenskiyning özi payşanba kuni Tramp bilan «ertaga yoki yaqin kunlarda» gaplaşişga umid qilayotganini aytdi.

AFP ma’lumotiga köra, muloqot vaqti ikki prezidentning iş taqvimiga boğliq.