Prezident Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Ozarboyjonning Xonkandi şahrida ötkazilgan Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammitida nutq sözladi.
Davlat rahbari sammit butun dunyo hamjamiyati keskin inqirozni boşidan keçirayotgan murakkab bir şaroitda bölib ötayotganini ta’kidladi.
«Sönggi oylarda Janubiy Osiyo va Yaqin Şarqda yuz bergan voqealar barçamizni çuqur taşvişga solmoqda. Xalqaro huquq va global xavfsizlik institutlarining tanazzuli muloqot va hamkorlikni yanada zaiflaştirib, kuç işlatiş va zöravonlikka keng yöl oçmoqda. Xususan, taşkilotimiz a’zosi bölgan Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani uruş girdobiga tortiş, keng miqyosdagi ekologik halokat öçoğining vujudga keliş xavfini tuğdirdi. Eron va Isroil örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça erişilgan kelişuvni qöllab-quvvatlaymiz. Uşbu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumşatiş, xavfsizlikni tiklaş yölidagi muhim qadam sifatida baholaymiz», dedi Mirziyoyev.
Özbekiston rahbarining ta’kidlaşiça, bu kelişuv barça muammolarni diplomatik va konstruktiv muzokaralar yöli bilan hal etiş uçun mustahkam zamin yaratadi.
Şavkat Mirziyoyev ommaviy qirğin qurollarini tarqatmaslik va ularni işlatişdan tiyiliş xalqaro xavfsizlikning eng dolzarb masalasi ekanini inobatga olib, dunyo hamjamiyatini yana bir bor yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirişga çaqirdi.
Şu bilan birga, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Şarqdagi tinçlik va barqarorlikka erişiş mumkin emasligini aytdi.
«Biz Ğazo sektorida harbiy harakatlarni töxtatiş, oçlik va ğayriinsoniy şaroitdan azob çekayotgan aholiga gumanitar yordam körsatişga heç qanday tösiq qöymaslik, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil Falastin davlatini taşkil etiş tarafdorimiz», dedi Mirziyoyev.
Özbekiston yetakçisi taşkilot doirasidagi şeriklik bugungi kunda nafaqat tabiiy, balki muhim strategik ahamiyatga ega ekanini aytib, bir qator masalalarga e’tibor qaratdi.
«Eng avvalo, biz taşkilotning örta va uzoq davrdagi ustuvor rivojlaniş yönalişlarini belgilab olişimiz kerak. Bu borada «Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035» konsepsiyasini qabul qilişimiz zarur. Hujjatda savdo, investitsiya, transport, energetika, sanoat, qişloq xöjaligi, ekologiya, turizm va ta’lim kabi an’anaviy yönalişlar bilan birga, innovatsiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kuçaytirişga alohida e’tibor qaratiş lozim.
Taşkilot doirasida tovar va xizmatlar savdosini soddalaştiriş, texnik va notarif tösiqlarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş, elektron savdoni rivojlantiriş masalalari ayniqsa dolzarbdir.
Şunga e’tiboringizni qaratmoqçiman: hozirgi kunda özaro savdo hajmi past darajada qolmoqda. Bu körsatkiç 2024 yilda 95 milliard dollarni taşkil etib, davlatlarimiz umumiy savdo aylanmasining 10 foizini taşkil etdi.
Mazkur yönalişda strategik masalalarni muhokama qiliş, savdoni soddalaştiriş töğrisidagi bitimni kelişiş maqsadida joriy yil Toşkentda savdo vazirlarimizning uçraşuvini ötkaziş taklifini ilgari suramiz. Bundan taşqari, qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi böyiça tezkor ma’lumot almaşiş va tösiqsiz yetkazişga qaratilgan «yaşil yölaklar» tizimini yaratiş dolzarbdir», dedi Mirziyoyev.
Şuningdek, Özbekiston rahbari sarmoyaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, investitsiya muhitini yanada şaffof va jozibador qiliş maqsadida uzoq muddatli «Ekoinvest» dasturini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi. Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etiş, deb hisoblaşini aytdi.
«Yana bir ustuvor yönaliş. Sönggi vaqtdagi geosiyosiy voqealar xalqaro logistika zanjirlarining uziliş xavfi naqadar yuqoriligi hamda muqobil transport yölaklarini şakllantiriş strategik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor isbotladi. Ötgan yili Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temir yöli loyihasini amalga oşirişni boşlaganimiz muhim voqea böldi. Kelgusida uşbu magistral tarmoq Transafğon yölagi bilan tutaşib, keng mintaqamizdagi tranzit tarmoqlarini samarali birlaştiriş imkonini beradi.
Transport va logistika sohasini raqamlaştiriş işlarini tizimli asosda yölga qöyiş maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini taşkil etiş töğrisidagi taşabbusni amalda tatbiq etiş vaqti keldi, deb hisoblaymiz va ekspertlar darajasidagi muzokaralarni jadallaştiriş tarafdorimiz. Mintaqada yangi aviaqatnovlar yönalişlarini oçiş, aviakompaniyalar örtasida innovatsion hamkorlik şakllarini yölga qöyiş, turizm va aviatsiya sohalari örtasida marketing böyiça integratsiyalaşgan strategiyalarni işlab çiqiş dolzarb vazifalardan biridir. Uşbu masalalarni muhokama qiliş maqsadida Milliy aviakompaniyalar forumini Samarqandda taşkil etişni taklif qilamiz», dedi Mirziyoyev.
Özbekiston yetakçisi turizm sohasida sayyohlar oqimini ikki barobar oşiriş uçun mamlakat yetarli salohiyatga egaligini ta’kidladi. Taşkilot doirasida Turizm xizmatlarini kengaytiriş böyiça «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş ayni şu ezgu maqsadga xizmat qilişini aytdi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev global iqlim kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan davlatlarning intiliş va sa’y-harakatlarini birlaştiriş muhimligini ta’kidladi.
«Boku şahrida muvaffaqiyatli ötgan COP-29 global iqlim sammitida qabul qilingan majburiyatlar va kelişuvlar töliq amalga oşirilişining qat’iy tarafdorimiz. Taşkilot doirasida çöl hududlarida örmonlar taşkil qiliş, rekreatsiya zonalarini barpo etiş böyiça Transçegaraviy «yaşil dasturi»ni işlab çiqişni taklif etamiz», dedi u.
Şavkat Mirziyoyev sözining yakunida taşkilot faoliyatini takomillaştiriş maqsadida taşkil etilgan Yuqori darajadagi qömitaning işini ijobiy baholadi.
«Qömitaga kelgusi sammitga qadar Taşkilot faoliyatini isloh qiliş böyiça aniq taklif va tavsiyalar işlab çiqiş vazifasini topşirsak, öylaymanki, uşbu fikrimni ma’qullaysizlar. Bunday islohotlar hamkorligimizni yangi bosqiçga olib çiqiş, Taşkilotning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yanada oşiriş hamda uning faoliyatini zamon talablariga mos ravişda takomillaştirişga xizmat qilişi şubhasiz», dedi Özbekiston rahbari.












