Bosniya va Hersegovinada sud tizimi bosniyalik serblar yetakçisi Milorad Dodikni hibsga oliş orderini bekor qildi. «Dodik Boş prokuraturaga keldi va u yerda körsatma berdi. Şu munosabat bilan uni hibsga oliş uçun berilgan order bekor qilindi», — deyiladi mamlakat Boş prokuraturasi va Davlat sudining 4 iyul, juma kuni qöşma bayonotida.
66 yoşli serblar yetakçisi vaqtinçalik ozodlikka çiqarilgan. Sud qaroriga köra, Dodik hokimiyat organlariga muntazam ravişda hisobot berişi kerak. Aks holda, hibsga oliş uçun yangi order çiqariladi.
Milorad Dodik öziga nisbatan qabul qilingan qarorni izohlar ekan: «Bu men uçun muhim bir lahza, lekin bu işdan yomon niyatda bölgan va vaziyatni beqarorlaştiriş, Bosniyada muammolarni avj oldiriş uçun işlatmoqçi bölganlar uçun ham muhim. Men özimni ğalaba qozongan sifatida his qilmayapman. Bu işdan töyib ketganman», dedi.
Bosniya va Hersegovina Davlat sudi mart oyi örtalarida Dodikni bir tomonlama tartibda Bosniya va Hersegovina tarkibidagi Serb Respublikasi hududidagi Bosniya adliya va politsiya organlarining vakolatlari tugatilganini e’lon qilganidan keyin uni hibsga olişga xalqaro order bergan edi.












