1990 yilda sobiq ittifoq respublikalarida mustaqillik uçun boşlagan harakatlarning aks-sadosi Yugoslaviyaga ham yetib boradi. Öşa paytda bu davlat tarkibida oltita ittifoqdoş respublika – Serbiya, Çernogoriya, Makedoniya, Sloveniya, Xorvatiya hamda Bosniya va Gersogovina bor edi. Mamlakatdagi boşqaruv rasmiy ravişda federatsiya körinişida bölsa ham, aslida mamlakatga serblar hukmdorlik qilar, ittifoqdoş respublikalar inon-ixtiyori poytaxt Belgrad izmida edi.

Ana şunday şaroitda 1991-92-yillarda ittifoqdoş respublikalarning aksariyati öz mustaqilligini e’lon qiladi. Tabiiyki, bu serblarga yoqmaydi va ular özboşimça respublikalarni qurol kuçi bilan tiyib qöyişga kirişadi. Oqibatda sobiq Yugoslaviya respublikalari öz mustaqilligini qon töqib, qurbonlar berib himoya qilişga majbur böladi.

Tabiiyki, ittifoqdoş respublikalar aholisining ma’lum qismini serblar taşkil etgan va ular Yugoslaviya parçalanişiga qarşi edi. Şu tariqa mustaqillik uçun boşlangan uruş keyinçalik etnik-diniy tus oladi, Pravoslav mazhabiga e’tiqod qilgan serblar katolik xorvatlar va musulmon serblarni ham qatliom qila boşlaydi. Ana şunday qatliomlarda Srebrenitsa şahri va uning atrofida yaşovçi 10 mingga yaqin odam öldiriladi va buldozer yordamida kömib yuboriladi.

Bosniya va Gersogovina

Bosniya va Gersogovina (keyingi örinlarda Bosniya) örta asrlarda Bolqondagi aksariyat hududlar kabi Usmoniylar imperiyasi tarkibida edi. Keyinçalik turklar qöl ostidan ozod bölgaç birinçi jahon uruşigaça avval Serbiya, söng Avstriya-Vengriya imperiyasi tasarrufida böladi.

Usmoniylar imperiyasi davrida bu yerda islom dini yoyiladi. Şu sababli bu yerda serblar, serb musulmonlari va xorvatlar aralaş holda yaşab kelişgan. Uruşdan söng Avstriya-Vengriya imperiyasi parçalanib ketadi va Bosniya Yugoslaviya qirolligi tarkibiga kiradi.

Ikkinçi jahon uruşi tugagaç kommunistlar sovet armiyasi yordamida Yugoslaviya tarkibidagi hududlar mustaqil bölişiga yöl qöyişmaydi. Oltita ittifoqdoş respublika taşkil etilib, Yugoslaviya sotsialistik federativ respublikasi tuziladi.

Garçi bu davlat ham rasmiy ravişda SSSRdagiday «teng huquqli respublikalar»dan iborat bölsa ham amalda ularda heç qanday huquq bölmagan. Yugoslaviyada asosan serblar hukmron edi. Şu jumladan, Bosniyada ham.

Yugoslaviya tarkibida bölgan respublikalar orasida Bosniya aholi tarkibi jihatdan alohida ajralib turgan. 1991 yil ma’lumotlariga köra, bu yerda aholining 31,2 foizi musulmon bosniyaliklar (ularning aksariyati serb millatiga mansub musulmonlar), 17,4 foizi serblar (pravoslavlar), 17,4 foizi xorvatlar (ularning ham bir qismi musulmonlar), qolgani esa çernogriyaliklar, albanlar, slovenlar, lölilar bölişgan.