6 iyul, yakşanba kuni AQŞ Federal saylov komissiyasi (FEC) ma’lumotlar bazasida Amerika partiyasini yaratiş uçun ariza paydo böldi. Uni amerikalik milliarder, SpaceX va Tesla asosçilaridan biri Ilon Mask topşirganmi yoki yöqmi noma’lum. Maskning özi hujjatlar topşirilganini hali tasdiqlamadi. Nomzod sifatida milliarder Ilon Mask, ğaznaçi sifatida esa Tesla kompaniyasining boş moliya direktori, hindistonlik Vaybxav  Taneja qayd etilgan.
 
Bundan taşqari, ma’lumotlar bazasida Amerika partiyasi Milliy qömitasi, şuningdek, X va DOGE partiyalarini (işi Mask tomonidan boşqarilgan Department of Government Efficiency - Hukumat samaradorligi departamenti xuddi şu nomga ega edi) yaratiş uçun arizalar mavjud. Bu arizalarni aynan kim topşirgani ham noma’lum.

Iyun oyi oxirida Mask AQŞ prezidenti Donald Trampning federal xarajatlarni qisqartiruvçi, biroq ayni paytda jiddiy soliq imtiyozlarini nazarda tutuvçi qonun loyihasiga rozi bölmagan bir paytda AQŞda yangi siyosiy partiya taşkil etişni taklif qilib, mamlakat hozirda «bir partiyali» ekanini ta’kidladi.

6 iyul kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp özining sobiq tarafdori, milliarder Ilon Maskning öz partiyasini yaratiş ğoyasiga izoh berdi. Oq uy rahbari Nyu-Jyersidagi golf klubidan Vaşingtonga ketayotib, jurnalistlarga: "Uçinçi partiyalar heç qaçon işlamagan, şuning uçun u bu bilan öyin qilişi mumkin, lekin menimça, bu kulgili", dedi.

Keyinroq Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Mask «butunlay aqlini yöqotganini» yozdi. Prezidentning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlarda uçinçi partiya yaratişga urinişlar heç qaçon muvaffaqiyat qozonmagan, çunki Qöşma Ştatlardagi ikki partiyaviy siyosiy tizim «ular uçun işlamayapti». «Uçinçi partiyalar uçun yaxşi bölgan yagona narsa — bu töliq tartibsizlikni yaratiş va biz öz işonçini va aqlini yöqotgan radikal söl demokratlar bilan yetarli darajada buni kördik!» — dedi Tramp.